KIRISH…………………………………………………………………………..….…3
I BOB. KOGNITIV LINGVISTIKA TILSHUNOSLIKNING YANGI YO’NALISHLARIDAN BIRI SIFATIDA……………………………………..…….8
1.1. Konsept tushunchasining hozirgi zamon lingvistikasidagi o’rni…………………8
1.2. Hozirgi zamon tilshunosligida konseptni o’rganish metodlari va usullari……...17
1.3. Konsept lingvistik tadqiqotlar ob’ekti sifatida………………………….……....20
Bob bo’yicha xulosa………………………………………………..……......29
II BOB. MOTHER – ONA KONSEPTINING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA VERBALLASHUVI……………………………………………………………….….31
2.1. Motherland/vatan konseptining leksik va frazeologik birliklar vositasida verbalashuvi……………………………………………………………………….…...31
2.2. Motherland/vatan konseptining paremalarda ifodalanishi………… …………....41
Bob bo’yicha xulosa………………………………………..……………..…49
III BOB. MOTHERLAND – ONA VATAN KONSEPTINI IFODALASHDA ADABIYOT VA SHE’RIYATNING ROLI VA AHAMIYATI…………………...50
3.1. Erkin Vohidovning “O’zbegim” qasidasi va William Ernest Helleyning ‘England, My England’ she’rlarida Ona Vatan madhi..………………………………..………..60
3.2. Ona Vatan konseptining Zahiriddin Muhammad Bobur she’r va g’azallarida talqin qilinishi…………………………………………………………………….….………..62
Bob bo’yicha xulosa……………………………………………………........65
XULOSA…………………………………………………….…………………......67
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………....70
KIRISH Jahon tilshunosligining bugungi rivojlanish bosqichida til tizimini antropotsentrik tadqiq tamoyillari asosida o‘rganish ustuvorlik qilmoqda. Asrimiz boshlarida antropotsentrik tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalish sifatida maydonga kelishi tilshunoslikda lison va tafakkur munosabati doirasida til birliklari idroki bilan shug‘ullanadigan kognitiv tilshunoslik masalalarini, xususan, bu yo‘nalishning muhim kategoriyasi bo‘lgan konseptni o‘rganishga ham e’tiborni kuchaytirdi. Bugungi kunda konseptual tizimda tilning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishda “ona” konsepti alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning tilda verballashuvi muammolarini hal etish tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega.
Dunyo tilshunosligida muayyan tillardagi alohida konseptlarning kognitiv
tahlili orqali konsept verbalizatorlarini aniqlash tilning mental tabiatiga doir muhim xulosalar chiqarishga yordam beradi. Bu esa konseptosferaning umumiy va ma’lum tilga xos lingvomadaniy xususiyatlari asosida konsept doirasidagi leksik
birliklarni tizimlashtirish imkonini ham beradi. Ana shu jihatdan muhim kognitiv tuzilma (katta kognitiv hajmga ega, kognitiv tasvirlar hamda ko‘plab tasniflagichlar tizimidan iborat, majoziy tarkibi serqirra) bo‘lgan “ona” konseptining tildagi ifoda imkoniyatlarini o‘rganish, bu tushuncha doirasidagi
milliy tasavvurlarni aniqlash va tahlil qilish, konsept yadrosi va periferiyalarini
belgilash tilshunoslikda dolzarb masalalardan sanaladi.
O‘zbek tilshunosligida ham so‘nggi yillarda kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchasi bo‘lgan konsept, konseptosfera muammolari keng tadqiq etilib, bu borada samarali natijalarga erishildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlaridagi tadqiqotlar doirasi kengayishiga olib keldi va bu kabi tadqiq usullarining ahamiyatini ham ko‘rsatdi. Til ilmida konseptual birliklar tahlili borasidagi mavjud ilmiy izlanishlar bu yo‘nalishdagi barcha muammolarni to‘liq qamrab olgan emas. Ma’lumki, “xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulug‘ ne’mati, tengsiz mo‘jizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi. Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir”1.
Barcha tillarda ham “ona” konseptining talqin maydoni eng katta hajmli bo‘lib, umumiy baholash, utilitar, tartibga solish, identifikatsiya qilish, ramziy va mifologik hududlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, mazkur konsept talqinlari shaxslarning jamoaviy va yakka tajribalari tufayli ko‘plab qarama-qarshi kognitiv xususiyatlarni ham namoyon etadi. Mamlakatimizda gender munosabatlariga e’tibor kuchayayotgan bir davrda yaratilgan mazkur tadqiqot ishimiz tilda “ona” konseptiga xos nominativ birliklar va ular tabiatini ifoda etuvchi belgilar – konsept verbalizatorlari, konseptosferaning semantik maydoni, maydon markazi va qurshov birliklari tahlili, diskursga xos xususiyatlari, muayyan tillarda qo‘llanilish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishi bilan dolzarb hisoblanadi.