Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Dunyo tilshunosligida konsept bilan bog‘liq tadqiqotlar turli aspektlarda tahlil etilgan. Jumladan, V.V.Maslova, S.Y.Nikitina, A.F.Vejbiskaya, V.N.Teliya, Y.V.Babaeva, L.Y.Vilms, V.V.Vorobev, N.F.Alefirenko, V.M.Shaklein, Z.K.Sabitova, I.A.Murzinova, O.Bicher kabi tilshunoslarning tadqiqotlari shular jumlasidandir2. ingliz tilshunosligida L.Everet , S.Freedman, Kari A. Terzino, B. Reid . L.J.Kijo, K. J. Gentile3 tadqiqotlarida maqola, ilmiy tadqiqot, monografiya ko‘lamida tadqiq etilgan. O‘zbek tilshunosligida esa R.S.Ibragimova4, Д.С.Худайберганова, O.N.Anorqulova kabi tadqiqotchilar tomonidan turli tillardagi konseptlar ilmiy asosda o‘rganilgan.
Shu vaqtgacha yaratilgan tadqiqotlarda aynan ona konseptining leksik-semantik, lingvomadaniy xususiyatlariga ko‘ra tahlil etilmagan. Ushbu tadqiqot ishida ona konseptining leksik semantik xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarga atroflicha munosabat bildirildi, zarur o‘rinlarda foydalanildi.
Tadqiqot maqsadi – “Mother” - “Ona ” konseptining ingliz va o‘zbek tilida nafaqat jaranglashi, balki shu tillarda so‘zlashuvchi xalqlar ma’naviy va madaniy hayotidagi o‘rnini aniqlash va mana shu maqomining paydo bo‘lishi, yuzaga kelishi va shakllanishining ilmiy asoslarini o‘rganish. Shu maqsadda bir necha vazifalar belgilab olindi.
Tadqiqot vazifalari:
1.Konseptning kognitiv lingvistikadagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash va uni tahlil qilish;
2.“Motherland” - “Ona” konseptining leksik va frazeologik birliklar yordamida ifodalanishi.
3.“Motherland” - “Ona, ona vatan” konseptining matnlar va she’riy misralarda verballashuvining tadqiqi.
4.“Motherland” - “Ona, ona vatan” konseptining maqol va hikmatli so‘zlarda, shuningdek aforizmlarda ifodalanishini o‘rganish va qo‘lga kiritilgan ilmiy izlanishlar natijasidan kelib chiqib xulosalar chiqarish.
5.Motherland-Ona konseptining milliy-madaniy konseptual belgilarini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: |