Tadqiqot ob’ekti. Tadqiqot ob’ekti sifatida asosan, ingliz va o‘zbek tilshunosligi manbalari va qo’llanmalari, o’zbek adiblarining vatan haqidagi yondashuvlari xizmat qilgan bo‘lsa, Angliya, Amerika, Rossiya davlatlari va yurtimiz xalqi turmush tarzi, adabiyoti, bugungi kunda dunyo bo’yicha tilshunoslik fani bo’yicha katta izlanishlar olib borayotgan olimlarning tadqiqotlari va o‘zbek madaniy merosini tashkil etadigan yirik va ishonchli manbalar shuningdek, zamonaviy elektron manbalar va o’rganilayotgan tillarda so’zlovchi turli soha vakillarining vatan haqidagi fikrlari tadqiqot materiali vazifasini o‘tab berdi. Tadqiqot predmeti.Ilmiy ishning predmetini talqin qilishda, ‘Ob’ekt nima bo‘lsa, uni qanday o‘rganish bu predmetni tashkil etadi’ degan yondoshuv qo’l keldi. “Vatan” konsepti - konsept yoki umumiy tushuncha sifatida har bir tilda, har bir xalqda mavjud bo‘lishi mumkin. Vatanga nisbatan yondashuv aynan mazkur tadqiqot uchun predmet vazifasini bajardi. Dunyoning bir qismida uni Onaga tenglashtirib, ko‘zga tutiyo qilinsa, boshqa bir qismida uni shunchaki fuqarolik majburiyatidan kelib chiqib yashash joyi sifatida tan olinishi yoki necha asr ilgari istilo qilgan mustamlakachilar yurti nomi bilan bog’lanishi har kim uchun, birinchi navbatda tilshunoslik fani uchun qiziqarlidir.Shu nuqtai nazardan, bizning yurtimizda Ona Vatanga bo‘lgan munosabat Mustaqillik yillarida o‘zining asl mohiyatini, qadr-qiymatini topganligi bilan ham xarakterlidir. Aynan mustaqilligimizdan keyin yurtimiz yozuvchi va shoirlari vatanni baralla madh etish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Yoshlarimizning Vatan tuyg‘usini bog‘cha yoshidan qalblariga jo qilishi, maktab yoshida uning mohiyatini anglab yetishi, keyinroq esa uning muqaddasligini vujud bilan his qilishi uchun har bir yurtdoshimiz har ishga tayyor. Bu Vatanning borliq sifatida nihoyatda ulug‘vor ekanligini, uuni sevish, ardoqlash, o’z onamizdek ko’rib unga xizmat qilish, uni himoya qilish, uni madh etish esa bizga bobomeros qadriyat ekanligini anglatadi.