Timurrrrrrrrrrrrrrrrrrr ingliz va o’zbek tillarida vatan konseptini verballashuvi


Hozirgi zamon tilshunosligida konseptni o’rganish metodlari va usullari



Yüklə 479 Kb.
səhifə6/24
tarix13.08.2023
ölçüsü479 Kb.
#139283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Dissertatsiya konsept mother (2)

1.2. Hozirgi zamon tilshunosligida konseptni o’rganish metodlari va usullari

XX asrning birinchi choragida konsept haqida mulohazalarga tanqidiy yondashiladi. Faqat 80-yillarga kelib, bu terminga ehtiyoj qayta paydo bo‘ladi. Yu. S.Stepanov o‘zining tadqiqotlarida mental shakllanishning mohiyatini ochishga harakat qilib, konsept so‘zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Konsept lotin tilidagi conceptus –“tushuncha” so‘zining kalkasidir. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi.


Inson o‘zining individual, betakror madaniyatini saqlagan holda, konsept orqali xalqlarning madaniyatiga, turli millat vakillarining mental dunyosiga murojaat qiladi. Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi. Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‘lsa bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‘rish mumkin.
Binobarin, N.Yu. Shvedova konseptni tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki subyektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, o‘z tarixiy ildizlariga ega bo‘lgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini ta’kidlagan Prof. N. Mahmudov lingvokulturologiyada konseptning o‘rganilishi xususida shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yo‘nalish nihoyatda keng tarqalganini ko‘rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog‘iga yetish mushkul. Hatto so‘nggi yillarda yoqlangan katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag‘ishlangan” Demak, konsept lingvokulturologiyada eng faol qo‘llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, uy konsepti o‘zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi:
a) yashash joyi – bino – ko‘p qavatli uy – hovli – xonadon – oila;
b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorug‘, yangi, eski;
v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi.
U shuningdek, ko‘chma ma’noli birliklarni yuzaga chiqaradi: uy ichi “oila a’zolari”, uyi buzilmoq “er-xotinning ajralishi”, uyi kuymoq “xonavayron bo‘lmoq”.
Tilshunos Yu.S.Stepanovning aniqlashicha konsept qatlamsifat ko‘rinishga ega bo‘lib har bir qatlam madaniy hayotning ma’lum yo‘nalishi bilan bog‘liq; Bu esa tahlil jarayonida turli metodlarga murojaat qilish zaruriyatini tug‘diradi. Kognitivlik fanining asosiy metodi turli ilmiy sohalardagi ma’lumotlarni birlashtirish hisoblanadi. Kognitiv lingvistikada psixologiya, lingvokulturologiyadagi yondoshuvlardan ham foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda tadqiqotchilar tomonidan konseptni ta’riflash va o‘rganish bo‘yicha bir qancha metodlar ishlab chiqilgan. Jumladan, Ye.Bartminskiy tomonidan profelirovanie nazariyasi, S.M.Proxorova tomonidan vertikal sintaktik maydon nazariyasi, L.O.Cherneyko va V.A.Dolinskiylar tomonidan konseptual tahlil nazariyasi va O.S.Axmanova va Gyubbenetlar tomonidan ishlab chiqilgan vertikal kontekst nazariyalari.
V.A.Maslova ham bu borada talay izlanishlar olib borgan. Uning ta’kidlashicha konsept assotsiativ, obrazlilik va baholash kabi murakkab xarakteristikaga ega sifatlarni umumlashtiradi va bularning hammasi analiz jarayonida inobatga olinishi lozim.
V.A.Maslovaning tadqiqotlariga ko‘ra konseptning mazmuniy hajmini aniqlashda quyidagi elementlar muhim hisoblanadi:
1.Matndagi material asosida ma’lum konseptning qaysi referent holatga mansubligini aniqlash;
2.Ensiklopedik va lingvistik lug‘atlarga murojaat qilish orqali milliy til masshtabi va dunyo miqyosida konseptning o‘rnini topish.(konsept yadrosini lug‘at ko‘magida definitsiyalash tahlili orqali);
3.So‘zning etimologik xususiyatlarini inobatga olish;
4.Konseptning periferii belgilarini aniqlash maqsadida turli yo‘nalishdagi kontekstlarni (ilmiy, publitsistik, she’riy va falsafiy hamda boshqalar) ko‘rib chiqish;
5.Bunga kiritilgan assotsiativ yadroviy aloqalar natijalarini qiyoslab, ma’lum konseptlar bilan mazmuniy aloqalar xususida xulosalar chiqarish;
6.Konseptni san’atning turli ko‘rinishlarida interpretatsiya qilish: Yuqoridagi holatlar o‘rganilayotgan konsept haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishda qo‘l keladi.
Konseptni o‘rganishda qo’llaniladigan lingvistik tadqiqotlarning turli usullari umumlashmasi konseptual analiz deb yuritiladi. Konseptual analizning tadqiqot obektini alohida so‘zlar, grammatik kategoriyalar va matnlar yordamida ifodalanadigan ma’nolar tashkil etadi. (Timoshenko, 2007, elektron manba)
V.I.Karasik o‘z tadqiqotlarida konseptual analiz deganda konsept deb ataluvchi ma’no va unga yaqin bo‘lgan tushunchalarni anglatuvchi ma’nolarni talqin qiluvchi tadqiqot jarayonini anglashini ma’lum qiladi. Bular:

  1. definitsiyalash (ma’noga xos belgilarni ajratish);

  2. kontekstual analiz (ma’noga xos assotsiativ birliklar belgilarini ajratish);

  3. etimologik analiz;

  4. paremiologik analiz;

  5. intervyu va anketalashtirish

(V.I.Karasik, 2002,131s)
Tadqiqotchi V.N.Teliya Vatan konseptini ikkiga bo‘lib o‘rganadi. Uning fikriga ko‘ra Vatan konseptini Vatan 1-kichik vatan va Vatan 2-katta vatan sifatida o‘rganish mazkur konsept chegarasini aniqlashda qo‘l kelar ekan. Olimaning ta’biriga ko‘ra, har bir inson o‘zi fuqarosi hisoblovchi Vatanning bir bo‘lagi hisoblanadi, ammo shu bilan birga uni o’rab turgan, u yashayotgan va albatta o‘z qadriyatlariga ega bo‘lgan kichik Vatan ham mavjud. (Teliya, 2001, 401s) Bu talqin ko‘plab boshqa tilshunos olimlarning ham e’tirofiga sazovor bo‘lgan, chunki, chindan ham o‘rinli yondoshuv. Ushbu talqinni o‘zimizning qadriyatlarga taqqoslab ko‘radigan bo‘lsak, mantiq yana ham oydinlashadi. Masalan, O‘zbekiston ichidagi har bir viloyatning har bir go‘shasida kindik qoni to‘kilgan tuproq, ma’lum qishloq yoki tuman bilan bog‘liq sanoqsiz o‘ziga xos qadriyatlar bor. Zero, “Vatan ostonadan boshlanadi” deb bekorga aytishmagan. Masalan shaxsiy tajribamdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, men ham vatanni ikki xil tasavvur qilaman: tug’ilib o’sgan, kindik qonim to’kilgan zamin, ya’ni men istiqomat qiladigan kichik hudud-mening kichik vatanim va albatta men yashaydigan yurt-katta vatanim.



Yüklə 479 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin