Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə5/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Test savollari
1. Matematik lingvistika fanining yuzaga kelishida qaysi tilshunos olimning g‘oyalari o‘ziga xos turtki vazifasini bajarib bergan?
A) N.Chomskiy
B) L.Yelmslev
C) V.Leybnis
D) J.Bul


2. Kompyuter lingvistikasi qachondan boshlab mustaqil fan sifatida shakllandi?
A) 1952-yildan
B) 1950-yildan
C) 1954-yildan
D) 1960-yildan

3. Kompyuter lingvistikasining vazifalari.


A) Lingvistik masalalarni kompyuterda hal qilishga o‘rgatish.
B) Dunyoviy yagona til yaratish.
C) Kompeyuterdan faydalanishga o‘rgatish.
D) Matematik modellar tuzish.

4. Yagona dunyoviy til yaratish yo‘llari.


A) Hamma tabiiy tillarning to‘liq kompyuter ma’lumotlar bazasini yaratib, elektron tarjimonlarga foydalanishga o‘tish.
B) Hamma xalqlarni ingliz tiliga o‘rgatish.
C) Butun dunyoda esperanto tiliga o‘tish.
D) Muammoning echimi yo‘q.


5. «Kompyuter lingvistikasi» fanining maqsadi ..
A) Lingvistik masalalarni kompyuter dasturlari orqali hal qilishni o‘rgatish.
B) Matematik modellarni tuzish.
C) Tillarga o‘rgatish.
D) Matnlarni avtomatik tahrirlash.


6. Til o‘rgatishda kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar qachon o‘tkazilgan?
A) XX asrning 50- yillari
B) XX asrning 60- yillari
C) XX asrning o‘rtalari
D) XX asrning 90- yillari


2- MA’RUZA


KOMPYUTER LINGVISTIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
Reja:
1. Matematika va formal grammatika
2. Lingvistikaning matematik tahlil metodlari bilan bog‘liqligi.

Tayanch iboralar: matematik lingvistika, matematik lingvistika tilshunoslikning tarkibiy qismi sifatida, formal grammatika yaratish nazariyasi, ifodalanuvchi grammatika, aniqlovchi grammatika, til birliklarini matematik tahlil qilish metodlari, nazariy to‘plamlik belgilarini aniqlash metodlari, transformatsion yoki algoritmlik belgilarini aniqlash metodlari, ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari, to‘plam, to‘plamning elementi, toplamning quvvati, to‘plamlar orasidagi ekvivalent munosabat, to‘plamlar orasidagi binar munosabat, to‘plamlar nazariyasi va tilshunoslikdagi komponent tahlil metodi, bo‘linish sinflari yoki bo‘linuvchi to‘plamlar, to‘olamlardagi binar munosabatlarning uch xususiyati: refleksivlik, simmetriklik, tranzitivlik xususiyatlari, qat’iy tartibli munosabat, bevosita tuzuvchilar bilan bajariladigan operatsiyalar yoki qoidalar, transformatsion modellar tuzish qoidalari, ishonchli voqea, mumkin bo‘lmagan voqea, tasodifiy voqea.



“Matematik lingvistika” atamasi ikki ma’noda qo‘llaniladi. Uning birchi ma’nosi matematika fanining tarkibiy qismi sifatida o‘rganuvchi alohida matematik fan nomini bildiradi. Uning keyingi ma’nosi tilshunoslikning tarkibiy qismi bo‘lgan struktural lingvistika asoschilari tomonidan izohlangan. Matematik lingvistikaning shakllanishi L.Blumfildt, R.Yakobson, N.Xomskiy, N.Trubesskoylarning formal grammatika yaratish nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariya N.Xomskiyning “Sintaktik strukturalar” (1962) nomli asarida bayon qilingan. Formal grammatikaga yoki formallashtirish nazariyasiga ko‘ra tilning har bir elementi maxsus qoliplarga, sxemalarga yoki modellarga ega. Bu modellarni aniqlash, maxsus belgilar bilan ifodalash ifodalanuvchi grammatika deb yuritiladi. Bu grammatikaning qoliplari ikkinchi bir tilda aniqlanadi, tushuniladi, bunga aniqlovchi grammatika deyiladi.
Formal grammatikaga til birliklarini matematik yo‘l bilan formallashtirish, usllarini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi sohadir. Masalan, o‘zbek tilida har qanday so‘z quyidagi morflardan iborat. Bu morflar M1, M2, M3 bilan belgilanadi. Ayb/lan/uv/chi/lar/ga. Bu yasama so‘zning formallashgan ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: M = M1+M2+M3+M4+M5+M6 kabi.
Tilning struktural elementlarini miqdor jihatdan ham o‘rganish mumkin, chunki tilning ba’zi struktural elementlari boshqalariga nisbatan ko‘p, ba’zilari esa kam qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanish darajasini o‘rganish metodlariga matematik tahlil metodlari deb yuritiladi. Ular 3 xil bo‘ladi:
a) nazariy to‘plamlik belgilarini aniqlash metodlari;
b) mantiq algebrasida yasalgan transformasion yoki algoritmlik belgilarni aniqlash metodlari;
v) ehtimollik belgilarini aniqlash metodlari.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin