Kompyuter lingvistikasi


Tizim savol-javob rejimida ishlashga o‘tadi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə53/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Tizim savol-javob rejimida ishlashga o‘tadi:

  • Kim aeroportda samolyot uchishini kutardi?

  • Bir ayol.

  • Ayol do‘kondan nimalar sotib oldi?

  • Bita kitob va pechenye.

  • Ayol kitobni o‘qiyotganida yonida o‘tirgan odam nima qildi?

  • Ayolning pechenyesidan olishga jur’at etdi.

Ikkinchi abzatsni qayta ishlash:
Dam-badam u ham soatga qarab qo‘yardi. Kitob o‘qib, bittadan pechenyeni o‘g‘rincha olayotgan odamga ko‘z qirini tashlar ekan, asabiylash maslikka urinardi. Pechenye o‘g‘risiga e’tibor bermaslikka va soat millari yurishini kuzatib, uning chiqqillashini eshitishga harakat qilardi. O‘ziga o‘zi: “Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamni ko‘zlarini ko‘kartirardim”, – deb qo‘ydi. Har gal pechenye olaman, deganida yonidagi odam ham qo‘lini uzatardi. Oxiri paketda bitta pechenye qolgach, “Qani endi nima qilasan?”, – dedi ichida. Odam istehzoli kulimsirab, oxirgi pechenyeni oldi va ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga soldi; yarmini esa ayolga uzatdi. Ayol iddao bilan pechenyeni olar ekan, “Bu qanday bezbetlik! Bunchalar qo‘pol bo‘lmasa, bu odam. Bir og‘iz rahmat ham demadi!” – deb gapirib ketdi o‘z-o‘ziga. 
Tizim savol-javob rejimida ishlashga o‘tadi:

  • Ayol dam-badam nima qilardi?

  • Soatga qarab qo‘yardi.

  • Kim “Agar madaniyatli bo‘lmaganimda, shu odamning ko‘zlarini ko‘kartirardim”, deb aytadi?

  • Ayol o‘ziga-o‘zi.

  • Paketda bita pechenye qolgach,ayol ichida nima dedi?

  • Qani endi nima qilasan?

  • Pechenye olayotgan odam qanday harakat qildi?

  • Oxirgi pechenyeni ikkiga bo‘lib, yarmini og‘ziga solib, yarmini ayolga berdi.

Uchinchi abzatsni qayta ishlash:
Ayol hech qachon bunday asabiylashmagandi. Samolyotning uchish vaqti yetgach, chuqur tin oldi. Yuklarini olib, eshik tomon yurdi. “Pechenye o‘g‘risi”ga qayrilib ham qaramadi. Samolyotga chiqdi va o‘rniga joylashdi. “Pechenye o‘g‘risi”dan qutulganiga shukr qildi. Biroq, uning adabini bermaganiga afsuslandi. “Janob, – deyishi kerak edi u. – Shukr qiling, sizdek surbet emasman. Aks holda yuzingizga shapaloq tushirgan bo‘lardim. Ammo, siz qilgan ish rasman o‘g‘rilik sanaladi. Pechene o‘g‘riligi... Bildingizmi?!” 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin