Kompyuter lingvistikasi


Tizim savol-javob rejimida ishlashga o‘tadi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə54/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Tizim savol-javob rejimida ishlashga o‘tadi:

  • Ayol samolyotning uchish vaqti kelgach nima qildi?

  • Chuqur tin oldi.

  • Ayol nimaga shukr qildi?

  • Pechenye o‘g‘risidan qutulganiga.

  • Nimaga afsuslandi?

  • Uning adabini bermaganiga.

To‘rtinchi abzatsni qayta ishlash:
Shularni xayol qilib, qo‘lini sumkaga uzatdi. Chala qolgan kitobini olib o‘qimoqchi bo‘ldi. Ammo, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi uning sumkasida turardi. Bir og‘iz ham gapirmay, eng oxirgi pechenyesini ham u bilan baham ko‘rgan odamdan borib uzr so‘rashga endi kech edi... “Qo‘pol va jur’atli pechenye o‘g‘risi”ning samolyoti osmonga ko‘tarildi...
Тизим савол-жавоб режимида ишлашга ўтади:

  • Ayolning sumkasida nima bor edi?

  • Do‘kondan sotib olgan bir paket pechenyesi.

  • Kimning samolyoti osmonga ko‘tarildi?

  • “Qo‘pol va jur’atli pechene o‘g‘risining”.

Yuqoridagi matnni quyidagicha sistemalashtirish mumkin:

  • METAKOP (sabab zanjiri ): O‘g‘rilik

  • PTRANS (ma’lum bir obyektning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi) : Samolyotning uchishi;

  • ATRANS (ma’lum bir shaxsning muayyan narsaga ega bo‘lishi, nazorat qilishi) : Ayolning yuklariga egalik qilishi;

  • ATTЕND (voqealarga turtki bo‘lgan holat): Pechenye sotib olinishi;

  • PROPЕL (ma’lum narsaga erishish uchun harakat qilish): Sumkadan kitobning olinishi.

  • ATB (affektiv mazmunli bloklar, insonning psixologik holati):

  1. Asabiylashish.

  2. Shukr qilish.

  3. Afsuslanish.

  4. Kulimsirash.15

Xulosa qilib aytganda, BORIS tizimini takomillashtirish kompyuter lingvistikasining istiqbollaridan biri bo‘lib, matn mazmunini o‘zlashtirishdagi yuqori samaradorligi bilan ahamiyatlidir.


Adabiyotlar

  1. Gelbukh A. Computational Linguistics and Intelligent Text Process­ing. International Conference. - Mexico, 2003.

  2. Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008

  3. Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.

  4. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.

  5. Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика. – М.: АТС: Восток и Запад, 2007.

  6. Ikromova H.Z. Inson - kompyuter - kelajak. – Toshkent: O‘zbekiston, 1991. – B. 42-65.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin