Ingliz tilidagi gaplarning asosiy konstruksiyalari ro‘yxatini keltiramiz: Ega+kes+to‘ld.+hol (kengaytirilgan darka gap) Students bought books yesterdoy.
Ega+kesim (kengaytirilmagan gap) It is good.
Ega+gram.f.+hol +k+to‘ld.+hol(inkor gap) Students did buy books yesterday.
Aniq+ega+kes+to‘ld+aniq+hol (aniqlovchili gap) The blue car stopped at the big gote.
Gram.f+ega+k’+to‘ld+hol (umumiy so‘roq gap) Has he been working since morning?
So‘roq so‘z+gram.f.+ega+k+to‘ld+hol (maxsus so‘roq gap) Why are you sitting here?
Xuddi shu qolipda rus va o‘zbek tillaridagi gap konstruksiyalarini tuzish mumkin.
Adabiyotlar: Grishman R. Computational Linguistics // Cambridge University Press. 1994.
Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. - М.: МГОУ, 1992.
Good J. Linguistic Universals and Language Change // Oxford University Press. 2008.
Gelbukh A. Computational Linguistics and Intelligent Text Processing. International Conference. - Mexico, 2003.
Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.
Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. O‘zbek tilida so‘z turkumlarini modellashtirish.
3. O‘zbek tilidagi gaplarning modellari.
Glossariy Analiz (tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishi) va sintez (kompyuterda matnning grammatik shakllanti- rilishi va generatsiyasi (hosil qilinishi) - kompyuter lingvistikasining tayanch tushun- chalari. Morfologik analiz morfemalarga ajratish hamda grammatik maiumotlar tahlilini o‘z ichiga oladi. Morfologik sintez esa matnga avtomatik ishlov berish jarayonida yoki uning so‘nggi bosqichida (natijalarni inson hukmiga havola qi- lishda) so‘zlarning turli shakllarini chiqarish, analiz natijalarini umumlashtirish- dan iborat. Morfologik analiz va sintez jarayoni kompyuterda kodlash-dekod- lash tamoyili asosida ishlaydi. Morfologik analizning mantiqiy davomi sintaktik analiz hisoblanadi. Sintaktik analiz morfologik analiz ustiga quriladi, bunda gap strukturasi turli formal modellar asosida tahlil etiladi.
Lemmatizatsiya- so‘zning dastlabki, boshlang‘ich formasini (lug‘atdagi shak- lini - lemmasini) tashkillashtirish texnikasi bo‘lib, bu jarayon o‘sha so‘zning boshqa so‘z-shakllaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lemmatizatsiya morfologik tahlil metodi tarkibiga kiradi, u ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: 1) deklarativ bosqich - bunda muayyan so‘zning mumkin bo‘lgan barcha shakllari (so‘z- shakllar) belgilanadi; 2) protsedura bosqichi - bunda so‘z asos va qo‘shimchalarga, ya’ni leksemalarga yoki morfemalarga bo‘linadi. Lemmatizatsiya so‘zlarning grammatik valentligi, qaysi affikslar bilan birika olish imkoniyatini ham belgilab beradi. Masalan, o‘zbek tilida so‘zlarning lug‘atdagi shakli - lemmasi quyidagicha:
ot so‘z turkumi uchun - bosh kelishik, birlik shakli;