Boshlang‘ich ma’lumotlar. Bitiruv ishida quy-ilgan masalalarni hal qilish uchun o‘zbek tilidv mavjud morfemalar to‘plamini oshkor shaklda berishimiz zarur. Bu to‘plamga ismni anglatuvchi so‘zlarda uchraydigan affikslar ro‘yxatini kiritamiz.
1) –chi va –gar affikslari: til+chi, el+chi, +baliq+chi va h.k. yoki zar+gar, chilan+gar va h.k.
2) –dosh affiksi: zamon+dosh, sir+dosh va h.k.
3) –lik affiksi: tinch+lik, ozod+lik va h.k.
4) –chilik affiksi: dehqon+chilik, xato+chilik va h.k.
5) –dagi affiksi: shahar+dagi, osmon+dagi, uy+dagi va h.k.
6) –day yoki –dek affikslari: darax+dek, oltin+dek va h.k.
7) –li affiksi: aql+li, sir+li, taniq+li, baho+li va h.k.
8) –siz affiksi: aql+siz, baho+siz, tosh+siz va h.k.
9) –niki affiksi: qiz+niki, ota+niki va h.k.
10-11) son kategoriyasi affikslari: birlik (Ø) va 0ko‘plik (–lar). Masalan,qush+lar, bola+lar, kitob+lar va h.k.
12-19) egalik kategoriyasidagi affikslar: ota+m, ota+ng, ota+miz, ota+ngiz, ota+si.
20-25) Kelishik kategoriyasidagi affikslar: –ni, –ning, –ga,/ka,/qa, – da, –dan.
26-33) Shaxs kategoriyasidagi affikslar: ota+man, ota+san, ota+Ø, ota+miz, ota+siz.
34-35) so‘roq va tasdiq affikslari: ota+mi, ota+Ø.Affikslarning to‘liq ro‘yxati 1-jadvalda keltirilgan. Hamma affikslar 7 sinfga (kategoriya) bo‘lingan va sinflarning komlari jadvalning2-ustunida yozilgan. Bu yerda quyidagi belgilashlar olingan:
1) OZK – o‘zak morfemalar sinfi;
2) SYM – so‘z yasovchi morfemalar sinfi;
3) ITER – iterativ affikslar (ikkilamchi o‘zaklar yasashda takror ishtirok etishi mumkin bo‘lgan affikslar) sinfi
4) SON – son affikslari sinfi;
5) EGA – egalik affikslari sinfi;
6) KLSH – kelishik affikslari sinfi;
7) SHAXS – shaxs affikslari sinfi;
8) SOR – so‘roq affikslari sinfi;
Birinchi jadvalning 4-ustunida affikslarning allamorflari, 3-ustunda esa ularning kodlari yozilgan. O‘zbek tilida (boshqa tillarda ham)o‘zak morfemalar sinfining katta hajmi juda katta va shuning uchun ularning to‘liq ro‘yxatini berish amalda mumkin emas. Lekin, biz so‘z o‘zaklari ilgaridan aniqlangan deb hisoblaymiz va bitiruv ishida quyilgan masalalarni hal qilish uchun o‘zaklarning chekli ro‘yxatini keltiramiz.