Mustaqil ta’lim mavzulari 1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.
2. So‘z yasalishi qoliplari.
3. So‘z yasalishini modellashtirish.
Glossariy
Kompyuterli modellashtirish - bugungi kunda barcha fanlarda, xususan, kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi. Kompyuter modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:
Sun’iy intellekt tizimi doirasidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert tizimlari, neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar - barchasi kompyuter model- lashtirish natijasi hisoblanadi.
Model(lotincha «modelus» so‘zidan olingan bo‘lib, «nusxa», «andaza», «o‘lchov», «me’yor» ma’nolarini anglatadi) - fanda shunday moddiy qurilma, grafik, sxema, umuman, bilish vositasi sifatida tushuniladiki, u muayyan original- obyekt haqidagi ma’lumotlar majmui tarzida yuzaga kelgan hosila-obyekt de- makdir. Boshqacharoq tushuntirganda, model tabiiy obyektlarning imitatsiya- sidir (o‘xshashi, taqlidiy ko‘rinishi), u o‘zbek tilidagi qolip, andaza so‘zlariga mos keladi. Masalan, globus yerning modeli, o‘yinchoq mashina haqiqiy mashinaning modeli sifatida baholanishi mumkin.
Modellarni shartli ravisda quyidagicha tasniflash mumkin: 1) tabiiy modellar - o‘rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo‘ladi va undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi; 2) matematik modellar - prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin u bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘ladi; 3) mantiqiy-matematik modellar - belgilardan iborat bo‘lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jara- yonini o‘rganishda qo‘llaniladi; 4) kompyuterli modellar - matematik va mantiqiy modellashtirish metodlariga asoslangan holda kompyuterda algoritm va dasturlar- dan foydalanib yaratiladigan modellar.