Kompyuter lingvistikasi


O‘zbek morfologisini modellashtirish. Morfemalarni biriktirish mexanizmini tavsiflash



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə21/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

O‘zbek morfologisini modellashtirish. Morfemalarni biriktirish mexanizmini tavsiflash
Turkiy so‘zlarni morfemalarning chiziqli tartiblangan ketma-ketliginidan iborat deb qarash mumkin.
Ammo bunday tasvirlash barcha hollarda o‘rinli deb bo‘lmaydi, chunki iterativ affikslar deb ataluvchi va bir so‘z tarkibida bir necha bor uchrashi mumkin bo‘lgan morfemalar chiziqli tartibni buzishi mumkin. Masalan, uy+Ø+da+gi+lar+imiz+niki –
{OCH}+{SON}+{ITER}+{SON}+{EGA}+{ITER}
Morfemalarni biriktirish mexanizmini graf shaklida tasvirlaymiz. Grafning tugunlari morfemalar sinflarini ifodalaydilar va ular orasida ma’lum bir turdagi munosabatlar mavjud.

(1-rasm)




So‘z yasovchi qo‘shimcha modeli.
Y uqoridagi jadvalda eng asosiy va faol so‘z yasovchi qo‘shimchalar keltirilgan. Bundan keyingi qismlarda so‘z yasovchi qo‘shimcha so‘zini SYQ tarzida ishlatamiz.
Ot yasovchi qo‘shimchalar ichida -chi qo‘shimchasi eng faolidir. Bu qo‘shimcha shaxsni bildiruvchi otlar yasaydi. Qanday otlarga qo‘shilganda qanday ma’no ifodalashi keyingi paragrifda to‘la yoritiladi. Hozir esa bu qo‘shimchalarni berilgan so‘zdan ajratib olish qism dasturini tahliliga o‘tamiz. Kiritilgan so‘zdan tub o‘zakni ajratib olganimizdan so‘ng navbatgadi ish agar qo‘shimcha bo‘lsa uni aniqlashdan iborat.
Masalan , suvchilar so‘zini o‘zak va qo‘shimchalarga ajratsak, algoritmimiz birinchi suv so‘zini ajratib oladi va suv ni o‘chiradi. Endi -chilar qoldi, so‘ngra -chi ni ajratadi , keyin -larni.Xullas ot so‘z turkumiga kiradigan va bazaga kiritilgan so‘zlarni qo‘shimcha va o‘zaklarga ajratib so‘ngra ularni qo‘shila olish olmasliklarini aniqlab ,agar qo‘shila olsa ichki ma’nosini chiqaradi.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar atributlar shajarasi. Biz o‘z ishimizda SYQ ga ikki taraflama atribut qo‘ydik. Bular chap atribut va o‘ng atribut. Chap atribut ot o‘zagi atributlari shajarasidan iborat bo‘lib bu shu SYQ qaysi otlar bilan qo‘shila olishligini bildiradi. O‘ng atribut esa o‘zak+SYQ ma’no atributidir. Bu haqda keyingi qismda to‘laroq tanishtiramiz.
Tasdiq 4: SYQ da chap atribut – bu SYQ ning qaysi o‘zak bilan bog‘lanishini aniqlaydi. b.C tarzida belgilanadi.Bu yerda b o‘ng atribut,
C – SYQ.
Quyida SYQ atributlari berilgan jadvalni keltiramiz

Hozir asosiy e’tiborni chap atributlarga qaratamiz.Birinchi masalan “fanlar nomi” atributini olsak bu fanlar nomlari adabiyot,matematika ,fizika,ximiya kabi fanlar yoziladi.Bularga –chi qo‘shimchasi qo‘shila olishligini bildiradi.


Tasdiq5: A o‘zak B SYQ bilan bog‘lana oladi, agar P(y.B) yo‘l P(A.x) yo‘lning qismi bo‘lsa
Quyida o‘zak o‘ng atributi bilan SYQ chap atributlarini solishtirish algoritmi bilan tanishamiz.
Bu dastur quyidagicha ishlaydi.AtrId ga o‘zak atributi olib qo‘yilgan. Qo‘shimcha “qo‘shimcha_atribut” jadvalida bir necha marta kelgani uchun, biz kiritgan qo‘shimcha ham bir necha marta kelgan (rasm-6 ga qarang). Qo‘shimcha mos kelguncha bu jadvaldan qidiramiz. Qo‘shimcha mos kelgandan so‘ng chap atributni AtrId1 ga olamiz.AtrId1 AtrId ga teng bo‘lmasa AtrId ni shajarasidan ildiz atributgacha tekshiramiz. Agar biror joyga borib teng bo‘lsa takrorlash tugatiladi. Agar teng bo‘lmasa “qo‘shimcha_atribut” jadvalida bir satr pastga tushib qidiruv davom etadi. Agar umuman uchramasa shu kiritgan so‘zimiz o‘zak va qoshimcha qo‘shilishida xatolik bor yoki bu qo‘shilish hech qanday ma’no bermaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin