Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə45/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Sun’iy intellekt - intellektual mashinalar, intellektual kompyuter dasturlar yara­tish texnologiyasi va bu haqidagi fan. Intellektual sistema strukturasi 3 asosiy blokni o‘z ichiga oladi: bilimlar bazasi, masalani yechuvchi tizim va intellektual interfeys. Sun’iy intellekt insondagi intellekt tushunchasining aynan immitatsiyasi emas, balki inson intellektual faoliyatining ko‘plab qirralarini o‘z ichiga olgan, modellashtirilgan tizimlar texnologiyasi demakdir. Ayni shu ma’noda «artificial intelligence» terminini birinchi marta Jon Makkarti 1956-vilda Darmut univer- sitetidagi konferensiyada qoiladi.
Translation memory («Tarjimon xotirasi») yoki Sentence Memory («Gap to‘plagich») - avtomatik tarjima samaradorligini oshirish maqsadida amerikalik olim Veb Layn tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya. Bu yondashuvga ko‘ra, muayyan matnni bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish uchun dastlab u yuqori malakali tarjimonga ko‘rsatiladi. So‘ng asl matn va uning tarjimasi kompyuterga kiritiladi, matn fragmentlarga (alohida jumlalarga, birikmalarga) bo‘linadi, ush­bu elementlardan ma’lumotlar bazasi tayyorlanadi. Ma’lumotlar bazasi qidiruv tizimiga yuklanadi, u esa tarjimasi mavjud bo‘lgan matn fragmentlarini va alohida jumlalarni sifatli tarjima qilishga imkon beradi. Matnning ayrim notanish frag- mentlari (bazada tarjimasi mavjud bo‘lmagan matn qismlari) inson qo‘li bilan tarjima qilinadi. Bunda bazadagi bu fragmentlarga yaqin keladigan tarjimalardan foydalanish mumkin. Matnning inson tomonidan tarjima qilingan qismlari yana ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Mana shu yo‘l bilan «tarjimon xotirasi» asta-sekinlik bilan boyitib boriladi va tarjima samaradorligi yuksalib boradi. Lekin ushbu yo‘nalishning afzalliklari bilan birga ayrim kamchiliklari ham mavjud. Birinchidan, bu yo‘1 bilan har qanday turdagi matnni tarjima qilib bo‘lmaydi. U aso­san muayyan tor yo‘nalishdagi bir turdagi matnlarga mo‘ljallangan. Ikkinchidan, ma’lum matnning katta fragmenti ikkinchi bir matnning katta qismiga tarjimada mos kelishi yoki yaqin kelishi har doim ham kuzatilavermaydi. Uchinchidan, «tar­jimon xotirasi» bazasini yaratish yoki ikki tilli matnlar (bilingv) massivini to‘ldirib borish amaliy jihatdan ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin