Kompyuter lingvistikasi


Frazeologik mashina tarjimasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə44/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Frazeologik mashina tarjimasi - avtomatik tarjimaning sifatini oshirish uchun Rossiyada professor G.G.Belonogov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya. Unga ko‘ra, matndagi tushunchalar ko‘pincha alohida so‘zlar yordamida emas, balki so‘z birikmalari yordamida ifodalanadi. O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida ham mazmunni yuzaga chiqaruvchi asosiy til birliklari alohida so‘zlar emas, balki tipik vaziyatlarni ifodalovchi frazeologik birikmalar (bu yerda frazeologik birlik keng ma’noda tushuniladi) hisoblanadi. Mazkur yondashuvga muvofiq matnda tez-tez uchraydigan so‘zlar, iboralar, so‘z birikmalari, nutqiy etiket namunalarining tarjima ekvivalentlari bi­lan boyitilgan ma’lumotlar bazasi frazeologik mashina tarjimasi tizimining asosini tashkil etadi. Bunda so‘zlarning distributsiyasiga eng ko‘p e’tibor beriladi. Bu metod polisemantik so‘zlarning tarjimada mos keluvchi to‘g‘ri ekvivalentini tan- lashga, omonim so‘zlarning kontekstdagi holatini aniqlashga, iboralarning ham idiomatik xususiyatini belgilashga imkon beradi.
Mashina ijodi - san’at asarlarini avtomatik tarzda yaratish jarayoni. Bugungi kunda ijodni to‘la modellashtirishga erishilgani yo‘q, lekin bu sohada sezilarli yutuqlar qo‘lga kiritilgan. Jumladan, kompyuter yordamida musiqalar yaratili- shi, treker-dasturlar, sintezatorlar, sekvensorlar yordamida bir turdagi melodiya- lar va tovushlar generatsiyasi oqibatida elektron musiqalarning yaratilishi, matn­ning avtomatik generatsiyasi yordamida she’rlar, ertaklar - umuman matnlar yaratilishi, rasmlar generatsiyasi va kompyuter grafikasi yordamida kino va o‘yinlarning yaratilayotganligi (ayniqsa, strategiya va harbiy manyovrlarga asos­langan kompyuter o‘yinlari) kabilar mashina ijodiga misol bo‘la oladi
Semantik tarmoq - borliqni so‘zlar va ularning semantik munosabatlari yor­damida modellashtirishga yo‘naltirilgan tizim hisoblanadi. Semantik tarmoq aniq belgilangan uzellar (obyektlar kesishadigan joy) va dugalar (semantik munosa- batlarning biri ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatadigan nuqta) munosabatdorligi asosida modellashtiriladi. Semantik tarmoq g‘oyasi kompyuter texnologiyalaridagi lokal va global tarmoq nazariyasi ta’sirida kelib chiqqan. Uzellar muayyan obyektlar- ga, muayyan sohaga oid tushunchalarga, dugalar obyektlar o‘rtasidagi semantik munosabatlarga aloqador tushunchalardir.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin