Kompyuter lingvistikasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə40/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

9-10-MA’RUZA


MASHINA TARJIMASI
Reja:

  1. Kompyuter lingvistikasida avtomatik tarjima yo‘nalishi.

  2. Avtomatik tarjima yo‘nalishi tarixi. Tarjimon dasturlar.

  3. Avtomatik tarjima yo‘nalishining zamonaviy holati va istiqboli.



Tayanch so‘z va iboralar: matn tahriri, avtomatik tarjima, til o‘qitishni avtomatlashtirish, elektron lug‘atlar, tezaurus lug‘atlar, kompyuter lek- sikografiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi, on-line tarjima tizimi, ekviva- lent moslik, transformatsion moslik, tarjima protsedurasi, generatsiya, trans- latsiya, bilingv bazasi, example-based translation (namunalarga asoslana- digan tarjima), rule-based translation (algoritmga asoslangan tarjima), trans­lation memory (tarjimon xotirasi).

Informatsiyaning geometrik progressiya asosida keskin ko‘payishi ular- ning boshqa tillarga tezkor tarjima qilinishini ta’minlovchi tizimlarga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqardi. Bunga javoban mashina tarjimasi yoki avtoma­tik tarjima yo‘nalishida amaliy tadqiqotlar yaratila boshlandi. Eng aha- miyatli tomoni shundaki, mashina tarjimasiga oid izlanishlar kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishida tayanch nuqta hisoblanadi.


Avtomatik tarjima bo‘yicha dastlabki g‘oyalar ingliz olimi Charlz Beb- bidj tomonidan 1836 - 1848-yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, mexa- nik-elektron mashinalar tillar o‘rtasidagi struktur o‘xshashliklar asosida kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga oshirishi mumkin. Uning loyi- hasi bo‘yicha 50 mingta so‘z xotira kuchiga ega bo‘lgan elektron mashi­nalar 100 000 ta so‘zni avtomatik ravishda tarjima qilishi zarur boiadi.7
1949-yilda Ch.Bebbidjing g‘oyalaridan ta’sirlangan amerikalik olim Uorren Uiver mashina tarjimasi tizimini yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqdi hamda lingvistika, deshifrovka, programmalashtirish nazari- yasi bo‘yicha mutaxassislarni hamkorlikka chorladi.8 Shundan so‘ng AQSH- da MT bo‘yicha kollaboratsiyalar, hamkorlik loyihalari yaratildi. Mashi­na tarjimasi bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya 1952-yilda Massachusets texnologiya institutida o‘tkazildi.
1954-yilda AQShdagi Jorjtaun universitetida dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima tajribadan o‘tkazildi. U GAT tizimi (inglizcha «George­town Automatic Translation» birikmasining qisqartmasi) deb ataladi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o‘tkazildi. Bu tajribaning bazasi algoritm- lardan iborat bo‘lib, 50 000 ta so‘z (60 ta gap)ni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.6?
Rossiyada mashina tarjimasi yo‘nalishining pionerlari D.Yu.Panov, A.Lyapunov, I.S.Muxinlar sanaladi.9 Shundan so‘ng O.S.Kulagina, A.Melchuk, Yu.A.Motorin, Yu.N.Marchuk, R.G.Piotrovskiy kabi olim­lar ularning izdoshlari sifatida avtomatik tarjima tizimini rivojlantirdilar. Sobiq lttifoqda mashina tarjimasi bo‘yicha birinchi tajriba 1955-yilda o‘tkazildi. Shundan so‘ng O.S.Kulagina va I.A.Melchuk rahbarligi ostida Amaliy matematika institutida mashina tarjimasi bo‘yicha uchta yirik tajri­ba tizimi yaratildi: fransuzchadan ruschaga (FR-1), inglizchadan ruschaga va fransuzchadan ruschaga (yangi variantda). 1959-yilda Moskva davlat lingvistik universitetida mashina tarjimasi laboratoriyasi ochildi. Moskva- da 1974-yilda INFORM-ELEKTRO institutida fransuzcha-ruscha (ETAP-1, inglizcha-ruscha (ETAP-2) hamda nemischa-ruscha (NERPA) avtoma­tik tarjima tizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar jonlandi. 1960- yilda sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining avtomatik tarjimaga bag‘ishlangan maxsus yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu yig‘ilishda avtomatik tarji­ma bo‘yicha professor A.Belonogov rahbarligida maxsus laboratoriya tash- kil qilindi.
1966-yilda AQShning fan masalalari bo‘yicha kongress qo‘mitasida av­tomatik tarjimaga oid ma’ruza muhokamasi (Automatic Language Process­ing Advisory Committee-ALPAC REPORT) boMib o‘tdi.63 Unda avtomatik tarjima bo‘yicha «Language and Mashines: Computers in Translation and Linguistics» («Til va mashinalar: tilshunoslikda va tarjimada kompyuter- lar») deb nomlangan salbiy ma’nodagi ma’ruza qilindi va yuqori darajada sifatli avtomatik tarjimani ta’minlovchi universal tizim yaratish natijasizli- gi va imkonsizligi ta’kidlandi. Shuningdek, ma’ruzada ko‘rsatilishicha, «tabiiy tarjima» (inson tarjimasi) mashina tarjimasidan arzonroq va sifatli- roq. Shundan keyin jahon miqyosida avtomatik tarjimaga oid tadqiqotlarni moliyalashtirish keskin kamayib ketdi. Ular faqatgina Yaponiyada davlat tomonidan moliyalashtirildi. «Generel Motors», «Siemens», «LG», «Phi­lips» kompaniyalari bugungi kunda dunyoda avtomatik tarjimaga oid izla- nishlarni mablag1 bilan ta’minlab turadi.
AQSH harbiy havo kuchlari buyurtmasi bo‘yicha D.Tom rahbarligida SYSTRAN avtomatik tarjima sistemasi ishlab chiqildi. Mazkur tizim yor- damida bir yilda 2,5 mln sahifa matn ingliz tilidan nemis, fransuz, ispan, yunon, italyan tillariga hamda fransuz tilidan ingliz, ispan, italyan tillariga tarjima qilinadi. Avtomatik tarjima bo‘yicha dunyodagi eng yirik loyiha 1991-yilda AQShda NASA mutaxassislari tomonidan yaratilgan: DIANA. Uning hajmi 10 mln ta so‘zni tashkil etadi. U dunyoning 6 ta yirik tiliga asoslanadi: ingliz, rus, fransuz, nemis, arab, ispan.
Rus olimlari ham professor Lyapunov rahbarligida «Vista Technology» kompaniyasi «Retrans Vista» loyihasini ishlab chiqdi. Uning tarkibiga kiruv- chi 3 mln 400 mingta so‘z xotiraga kiritildi. Shunda 1 mln 800 mingtasi ruscha-inglizcha, 1 mln 600 mingtasi inglizcha-ruscha so‘zdan iborat.
Bugungi kunda avtomatik tarjimaning quyidagi sistemalari mavjud. 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega YEUROTRA sitemasi - Yevropa olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. U barcha yevropa tillari bo‘yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. SOKRAT sistemasi 40 mln ta so‘z xotira kuchiga ega. Dunyodagi 40 ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi. Ya’ni qaysi tilda Windows operatsion tizimi versiyasi mavjud boisa, shu tilda avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. Lingvo sistemasi (lingvo kompyuter lug‘ati) - bu lug‘atga ham dunyoning 40 tilidagi ma’lumotlar jamlangan. 1990-yillarda Amerikada Global Link, Rossiyada PROMT avtomatik tarjima tizimlari yaratildi.
Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global tar- moqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda online-tarjima tizimi ham faol yo‘lga qo‘yilgan.
Avtomatik tarjimaning kamchiliklari:

  1. So‘zlar avtomatik tarjima jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qili- nadi. Shuning uchun tarjima grammatik qoidalarga deyarli rioya qilinma- gan holda amalga oshiriladi.

  2. Avtomatik tarjima qilingan matnni uslub jihatdan tahrirlab chiqish zarur bo‘ladi.

  3. Hozirgi mavjud avtomatik tarjima qiluvchi sistemalar so‘zlar biriku- vini ham deyarli noto‘g‘ri tarjima qiladi.

  4. Avtomatik tarjima polisemiya, omonimiya, troplar, frazeologizmlar, idiomalarni e’tiborga olmaydi.

Masalan, The bat looks like a mouse with wings gapini rus va o‘zbek tiliga tarjima qilishda har bir so‘zning polisemantik va omonimlik kabi se- mantik qirralarini e’tiborga olish zarur. Aks holda tarjima muvaffaqiyatli chiqmaydi. Jumladagi bat so‘zi «ko‘rshapalak», «belkurak», «to‘qmoq», «kichik ziyofat» kabi ma’nolarni, look so‘zi esa «qaramoq», «nigoh», «ko‘rinish» ma’nolarini anglatadi. Bunda mazkur so‘zlar rus yoki o‘zbek tiliga tarjima qilinayotganda mos ekvivalentini tanlash uchun kontekst va uning distributsiyasidan (qurshovidan) kelib chiqish zarur. Ushbu holat, ayniqsa, idiomatik ifodalar qatnashgan matnlar tarjimasida murakkablik tug‘diradi. Masalan, You are an apple of my eyes jumlasi «Siz ko‘zlarimning olmasisiz» tarzida so‘zma-so‘z tarjima qilinadi, chunki «apple» so‘zining denotative ma’nosi «olmawdir. Lekin kontekstdan kelib chiqib tarjimaga yondashilsa, to‘g‘ri tarjima yuzaga chiqadi. Bunda jumlaning «an apple of my eyes» qismi idioma ekanligini nazarda tutish lozim va u «Siz ko‘zimning oq-u qorasisiz» tarzidagi gap hosil boiadi.
Tarjimadagi moslik 3 xil bo‘ladi:

  1. ekvivalent moslik - bunda bir tildagi so‘z boshqa bir tildagi so‘zga tarjimada to‘la muvofiq keladi. Masalan, rus tilidagi «книга» so‘ziga ing­lizcha «book» so‘zi tarjimada to‘la mos keladi.

  2. variantli moslik - bunda sinonimiya va polisemiya asosida so‘zning ma’nosiga mos keluvchi variantlar ham chiqariladi. Masalan, rus tilidagi «добиться» so‘ziga ingliz tilida mos keluvchi tarjima variantlari quyidagi­lar:

добиться ГЛ COB

  1. land (чего-либо)

  2. win

  3. gain (чего-либо расположения)


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin