Ssenariy: restoran Rollar: tashrifchi, ofitsiantka, xo‘jayin, kassir.
Maqsad: Qorinni to‘yg‘izish uchun ovqat olish.
Sahna I. Kirish Restoranga kiriladi.
Bo‘sh o‘rindiqlar bor joyga nazar tashlanadi.
O‘tirish uchun joy tanlanadi.
Tanlangan joyga boriladi.
O‘tiriladi.
Sahna II. Buyurtma Taomnoma (menyu) olinadi
Menyu o‘qiladi
Nimani buyurtma qilish haqida kelishiladi.
Ofitsiantkadan tanlangan taomni keltirish so‘raladi.
Sahna III. Taom Ovqat olinadi.
Ovqat yeyiladi.
Sahna IV. Chiqish Hisob so‘raladi.
Chek olinadi.
Kassirning oldiga boriladi.
Pul to‘lanadi.
Restorandan chiqiladi.
Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, ekspert tizimlari va neyron tar-moqlari sun’iy intellekt bo‘yicha izlanishlarda o‘zaro musobaqalashuvchi ikki muqobil yo‘nalishlardir. Har ikkala yo‘nalishning o‘ziga xos afzal va kamchilik tomonlari mavjud. Shuni e’tiborga olgan holda aytish mumkin-ki, neyron tarmoqlari va ekspert tizimlarining birgalikda ishlashini ta’minlovchi gibrid tizimlar ishlab chiqilishi lozim. Shunda qo‘yilayotgan masalaning xarakteridan kelib chiqqan holda mos tizim tanlash va muam-moga optimal yechim topish imkoniyati yuzaga keladi. Agar masala «qoi-da bo‘yicha» (implikatsiya-if..., then... -agar...-sa, u holda...) hal etilsa, ekspert tizimlariga murojaat qilish zarur. Agar masalada ko‘pgina empirik ma’lumotlar mavjud bo‘lsa, neyron tarmoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoki obrazlarni tanishda (masalan, moliyaviy holatni aniqlash da) asosan neyron tarmoqlaridan, obraz aniqlangandan keyin bajariladi-gan mantiqiy amallarda esa ekspert tizimlaridan foydalanilsa, yuqori sa-maradorlikka erishish mumkin.
Adabiyotlar: Нелюбин Л. Л. Компьютерная лингвистика и машинный перевод. -М.: ВЦП, 1991.
Шемакин Ю.И. Начало компьютерной лингвистики. - М.: МГОУ, 1992.
Белоногов Г.Г. Компьютерная лингвистика и перспективные информационные технологии. - М.: Русский мир, 2004.
Рассел С, Норвиг П. Искусственный интеллект: современный подход // Artificial Intelligence: a Modern Approach / Пер. с англ. и ред. К.А.Птицына. 2-е изд. - М.: Вильяме, 2006.
Searle J.R. Minds, brains, and programs // Behavioral and Brain Sciences. 1980.
Jurafsky D., Martin J.H. Speech and language processing. - New Jersey, 2000.
Minsky M.A. Framework for Representing Knowledge // The Psychology of Computer Vision. McGraw-Hill, New York (U.S.A.), 1975.
Пўлатов А.К., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув қўлланма). - Тошкент, 2008
Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. - Тошкент: Академнашр, 2011.
Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2011.