Kompyuter lingvistikasi


Tuzuvchilar: Muhamedova S.X



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə84/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

Tuzuvchilar:
Muhamedova S.X. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o’zbek tili va adabiyoti
universiteti “Tilshunoslikda zamonaviy
axborot va pedagogik texnologiyalar”
kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, dotsent
Abduraxmonova N.Z. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o’zbek tili va adabiyoti
universiteti “Matematika va axborot
komnuinikatsiya texnologiyalari”
kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:

B.Mengliyev - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti "0‘zbek filologiyasi” fakulteti dekani, f.f.d., professor

M.Hakimov - 0‘zMU dotsenti, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Fanning o'quv dasturi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti uslubiy kengashida tavsiya qilingan (201 7-yil 24. 04dagi 802- sonli bayonnoma)


0‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 -yil 13- maydagi PF -4797- sonli Farmoni xalqimiz ma’naviy hayotida unutilmas voqea bo‘ldi. Mazkur Farmonning eng asosiy maqsadi hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish, ta’lim- tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirishdan iborat bo‘lib, soha mutaxassislari oldiga juda muhim va dolzarb vazifalami qo‘ydi.
Kompyuter lingvistikasi” fani matematika va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
Respublika Birinchi Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda talabalarda Kompyuter lingvistikasi fanining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o'rganilgan va o‘rganilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalaming mundarijasini belgilash, Kompyuter lingvistikasiga oid terminlarni tushuntirish hamda shu soha bo‘yicha nazarda tutilgan mavzular bo‘yicha talabalar bilan birgalikda amaliy loyihalar ustida ishlash kabi yana bir qator vazifalar o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin