Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini YAKUNIY NAZORAT (YN) mezonlari Har bir savolga saralash bali 3,3, umumiy saralash 16,5
№
Ajratilgan ball
Baholash mezoni
1.
5,2-6 ball
Talaba fanning mohiyatini, o‘tilgan materialni chuqur tushunadi, savolga aniq va to‘liq javob beradi. Har bir savolga mustaqil fikrlab javob beradi, mavzuga ijodiy yondashadi, mohiyatni tushunib, o‘z fikrini amalda qo‘llay oladi, imlo, uslubiy xatolarga kam yo‘l qo‘yadi, berilgan tahlillarni to‘g‘ri bajarib, to‘g‘ri xulosalar chiqara oladi.
2.
4,2-5,1 ball
Talaba mavzu mohiyatini tushunadi, biroq mustaqil xulosalar chiqara olishda kamchiliklar uchraydi. O‘z fikrini og‘zaki bayon qilishda uzviylikka amal qilmaydi. Imlo, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yadi, xulosalarida noaniqliklar uchraydi.
3.
3,3-4,1 ball
Talaba mavzu haqida qisman tasavvurga ega bo‘ladi, berilgan savollarga to‘liq va aniq javob berolmaydi, amaliy ishlar to‘liq bajarilmaydi, imlo, uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yiladi.
4.
0-3,2 ball
Talaba mavzu haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi, ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yadi. O‘z fikrini boshqa mavzular bilan bog‘lab tushuntira olmaydi, nutqi u qadar ravon bo‘lmaydi. Amaliy ishlarni to‘la bajara olmaydi.