Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad maruza materiallari bo‘yicha talabalar bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, hamda kengaytirishdan iboratdir. Shu maqsadda hamma mavzularga doir va etarli miqdordagi masalalar echish nazarda tutiladi.
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli o‘tilgan mavzular bo‘yicha nazariy va amaliy masalalami o‘rganadilar. Shuningdek, darslik va qo’llanma, internet ma’lumotlari vositasida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqama materiallaridan foydalanish kabi o‘qitish usullaridan qo’llash orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shakllantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlar uchun tavsiya etiladigan mavzular quyidagicha:
Amaliy mashg’ulot mavzularining soatlar bo’yicha taqsimoti
JAMI:
52
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ishning maqsadi olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, belgilangan mavzular asosida qo‘shimcha bilim olishdan iborat. Bunda ushbu ishlarni bajaradilar:
- amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- nazariy tayyorgarlik ko‘rish;
- uy vazifalami bajarish;
- o’tilgan materiallar mavzularini qaytarish;
- mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy bilim mavzularini o‘zlashtirish. Mustaqil talim uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Mustaqil ta’lim uchun mavzular va ularning soatlar bo’yicha taqsimlanishi
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
Semestr
davomida
6
Kompyuter lingvistikasida modellashtirish
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
Semestr
davomida
6
Kompyuter lingvodidaktikasi
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
Semestr
davomida
5
Axborot uslubi. Muloqot tilini optimallashtirish
Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish
Semestr
davomida
5
JAMI:
70
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Ushbu fan bo‘yicha talabalar bilimini JORIY NAZORAT (JN) mezonlari
Har bir JNdan saralash bali 5,5, umumiy saralash 22
№
Ajratil-gan ball
Baholash mezoni
1.
8,6-10 ball
Mashg‘ulotga to‘liq qatnashish; topshiriqlarni to‘la va sifatli bajarish; mustaqil ishini ham to‘la bajarish; berilgan savollarga batafsil javob berish; berilgan test topshiriqlarini 86-100 foizda bajara olsa; tahlillarni yuqori saviyada amalga oshirish; fikrni ilmiy-nazariy adabiyotlar yordamida asoslash; qo‘yilgan masala yuzasidan mustaqil mushohada yuritish; tizimli yondashish, uzviylikka amal qilish; imloviy, punktuatsion va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik; og‘zaki bayonda ravonlik, adabiy uslub meyorlariga to‘la amal qilish; nazariy jihatdan xulosalash.
2.
7-8,5 ball
Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish; mustaqil ishi mavzusini mohiyati ochish; mashqlarni bajash; taqdim etilgan savollar mazmunini anglash; berilgan test topshiriqlarini 71-85 foizda bajarsa; mavjud ilmiy adabiyotlardan kelib chiqib, savollarga javob yozish; mustaqil fikr yuritish; matnni tahlil qilish; tizimli yondashish; ba’zi imloviy xatolarning mavjudligi; og‘zaki bayonda adabiy uslub meyorlariga amal qilish; xulosalarni bayon qilish.
3.
5,5-7 ball
Mashg‘ulotga qatnashish; topshiriqlarini qisman bajarish; mustaqil ishini qisman bajarish; savollar va berilgan mavzuning mohiyatini tushunish; berilgan matnni qisman tahlil qilish; bildirilayotgan mulohazalarni nazariy jihatdan asoslash; qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil fikr yuritish; berilgan test topshiriqlarini 55-70 foizda bajarsa; javoblarda qisman tizimli yondashuv va uzviylikning mavjudligi; ayrim imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning buzilganligi; muayyan xulosalarni qayd etish.
4.
1-5,4 ball
Mashg‘ulotga qatnashish, topshiriqlarini juda kam bajarish; mustaqil ishi ham yo‘l-yo‘lakay bajarish yoki bajarmaslik; mashqlarni bajara olmaslik; qo‘yilgan masala haqida tasavvurning mavjudligi; savollarga javob yozish hamda referat mavzusini yoritishda ilmiy-nazariy qoidalarga rioya qilmaslik; berilgan matnni tahlil qila olmaslik; berilgan test topshiriqlarini 10-50 foizda bajarsa; fikrning nazariy adabiyotlar yordamida yetarlicha asoslanmaganligi; tizimli yondashuv va uzviylik tamoyillariga amal qilinmaganligi; ishda imloviy, uslubiy, punktuatsion xatolarga yo‘l qo‘yish; og‘zaki bayonda ravonlikning yo‘qligi; xulosalarda yondashuvning yuzaki ekanligi.