Kompyuter lingvistikasi


O‘ Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə91/105
tarix18.12.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#76163
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Kompyuter lingvistikasi (1)

O‘ Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Ro‘yxatga olindi

BD-5120100-2.06




2018- yil «_____» _______________

“TASDIQLAYMAN”
Termiz davlat universiteti
o‘quv ishlari prorektori
Axmedov O‘.Ch. ____________
“___”__________________201__- yil



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
Fanidan
(III semester uchun)


ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)

Umumiy o’quv soati – 142 soat


Shundan:
Ma’ruza: - 36 soat
Amaliy mashg’ulot - 36 soat
Seminar mashg’ulot -
Mustaqil ta’lim soati - 70 soat
Termiz – 2018
Fanning ishchi o‘quv dasturi ishchi o‘quv reja va 2017-yil 28 – iyulda tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:
















Eshmuminov A.

-

o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi



















Taqrizchi:














Bobomurodova Sh.

-

o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek tilshunosligi kafedrasining 201_- yil _____- ___________dagi _____-sonli majlisida muhokamadan o‘tgan, va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri:

f.f.n. Bobomurodova Sh.

Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 201_- yil ___- ____________dagi ____- sonli yig‘ilishida muhokama etilgan (201_-yil ________dagi ____ -sonli bayonnoma).





Fakultet kengashi raisi:

f.f.n. Hamroyeva M.




Kelishildi: O‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i:

U.Mustafoyev.



O‘quv fanining ilolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 -yil 13- maydagi PF -4797- sonli Farmoni xalqimiz ma’naviy hayotida unutilmas voqea bo‘ldi. Mazkur Farmonning eng asosiy maqsadi hozirgi tez o‘zgarayotgan globallashuv davrida o‘zbek tili va adabiyotining o‘ziga xos betakror xususiyatlari, tarixiy taraqqiyoti, uning bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu borada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini kuchaytirish, ta’lim- tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning hamda ushbu soha bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan oshirishdan iborat bo‘lib, soha mutaxassislari oldiga juda muhim va dolzarb vazifalami qo‘ydi.
“Kompyuter lingvistikasi” fani matematika va tabiiy-ilmiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2-kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiq.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda talabalarda Kompyuter lingvistikasi fanining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o'rganilgan va o‘rganilishi lozim bo‘lgan asosiy masalalaming mundarijasini belgilash, Kompyuter lingvistikasiga oid terminlarni tushuntirish hamda shu soha bo‘yicha nazarda tutilgan mavzular bo‘yicha talabalar bilan birgalikda amaliy loyihalar ustida ishlash kabi yana bir qator vazifalar o‘zining dolzarbligi bilan ajralib turadi.
0‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalarida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish hamda lingvistikaga doir masalalar (tillami o‘qitish, bilimlarni baholash, matnlarni tahrir qilish, tarjima dasturlarini yaratish, matnlami qayta ishlash, matnlar korpusini yaratish, matnlarni ovozlashtirish kabilar)ni kompyuter vositasida hal qilish yo’llari, kompyuter savodxonligi darajasini oshirish. mantiqiy to‘g‘ri, izchil fikrlashga o‘rgatish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalda qo’llashga oid ko‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi.
Shuningdek, ushbu kurs filolog talabalarda Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha chuqur bilimlami shakllantirish, kompyuter lingvistikasi tamoyillarini o‘zlashtirish, matematik modellar tuzish bo‘yicha bilimlarni oqilona qoMlash qobiliyatini rivojlantirish, matematik mantiq asosida fikrlashga o‘rgatish, til va adabiyotga doir kompyuter dasturlarini yaratish, algoritm va kompyuter dasturlari asoslarini berish kabi vazifalarni qo‘yadi. Ushbu inaqsadga erishish uchun fan talabalami nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalalar ilmiy jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
- kompyuter lingvistikasi asoslarr haqida tasavvurga ega bo‘lish, uning aniq
va tabiiy fanlar ichidagi o‘mi va mohiyati, matematik mantiq elementlari, ular ustida amallar, ularning xossalari, mantiqiy fikrlar formasi va fomiulasi, berilgan formula yordamida konstruksiyalar tuzish, ma’lumotlar bazasini tuzishga asos yaratish, o‘zbek tilining matematik modeli, o‘zbek tilining kompyuter uslubi, o‘zbek tili grammatikasining ma’lumotlar bazasi, o‘zbek tili grammatikasini o‘qitish va bilimlarni baholash dasturlariga oid me’yoriy va amaliy ma’lumotlar haqida tasavvurga ega bo’lishi;

  • Til hodisalarini tahlil qilishda matematik rnantiq va dasturlash asoslaridan foydalangan holda yechimlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • o‘zbek tilining kompyuter uslubi, o‘zbek tili grammatikasining ma’lumotlar bazasi, o‘zbek tili grammatikasining o‘qitish va bilimlarni baholash dasturlari, o‘zbek tilidagi matnlarni tahrirlash; kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlar, kompyuter lingvistikasi fanining istiqboli va dolzarb masalalariga doir fikrlar bildirish va tadqiqot olib borish ko‘nikmaluriga ega bo‘lishi kerak.




Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin