Kompyuter savodxonligi


Vektorli grafika tushunchasi



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə17/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

3.2. Vektorli grafika tushunchasi.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo‘ladi.
Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni
hosil qiladi. Vektorli grafikaning afzalliklaridan biri bu - rasm masshtabini
qanchalik kattalashtirmang, uning sifati sira ham o‘zgarmaydi. Vektorli grafikada
tasvirni hosil qilish bo‘yicha matematik formulalar asosida barcha hisobkitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika dasturlarida yangi tasvirlar yaratiladi, lekin shu bilan
birga, ularga rastrli tasvirlarni ham qo‘shish imkoni bor. Import qilingan, ya’ni
qo‘shilgan rastrli tasvirlarni tahrirlash imkoni vektorli grafik dasturlarda
ko‘zda tutilmagan.
Vektorli grafik dasturlarni bir nechta kompaniyalar ishlab chiqaradilar va
ularning ba’zi imkoniyatlari ayrim dasturlarning vazifalari ko‘lamiga
kiritilgan. Masalan, MS Office dasturlar majmuasiga kiradigan Word dasturida
ayrim vektorli shakllarni chizish va hujjat tarkibiga kiritish mumkin.
Vektorli grafika imkoniyatlaridan mukammal foydalanish uchun maxsus
dasturlardan foydalanish maqsadga muvofiq, masalan: Corel Draw, Macromedia
FreeHand, Adobe Illustrator
va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan dasturlardan eng mashhuri va keng qo‘llaniladigani,
bu, albatta, Corel Draw dasturidir. Hozirgi kunda uning 11- va 15-versiyalari
mavjud.
Corel Draw dasturi o‘zida mavjud bo‘lgan uskunalar va shakllar yordamida
biror bir tasvirni yaratish, unga turli effektlarni qo‘llash, rastrli tasvirlarni
import qilish, tayyor tasvirni chop etish yoki eksport qilish imkoniyatlarini
beradi.
Corel Draw dasturi yuklanganidan keyin quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
Mazkur oyna quyidagilardan tashkil topgan:
Dastur sarlavhasi – dastur nomi va ochilgan joriy hujjat nomini aks ettiradi;
Bosh menyu – barcha farmoyish va sozlash, effektlarni o‘z ichiga olgan;
Standart panel – asosiy tahrirlash amallarini bajaradigan uskunalarni o‘z
ichiga olgan;
29
Xususiyatlar paneli – tanlangan uskuna yoki belgilangan ob’ektga muvofiq
tarkibi o‘zgaradigan xususiyat (parametr)lar paneli;
Uskunalar paneli – barcha uskunalarni o‘zi ichiga olgan;
Holat satri – joriy amallar haqida ma’lumot aks etadi;
Ranglar atlasi – ob’ektlarni bo‘yashda qo‘llaniladigan ranglar majmuasi.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin