Kompyuter savodxonligi


Tekshirish uchun savollar



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə42/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Tekshirish uchun savollar
1) Dastlabki IBM PC qachon yaratilgan va u haqida nimalar bilasiz?
2) Mashina tilida dasturlash va ob’ektlarga tayangan dasturlash haqida
nimalar bilasiz?
3) Ob’ektlar yana qaerda qo‘llaniladi?
4) Multimedia kompyuterlari haqida nima bilasiz?
5) Giperbog‘lanishlar nima uchun kiritiladi?
6) Multimedia mahsulotlariga nimalar kiradi?
7) Signallarni modulyatsilash nima?
8) Mahalliy tarmoq qurilmasi nima vazifani bajaradi?
8) Modemdan nima maqsadda foydalaniladi?
9) Kompyuter tarmoqlari ishlash prinsipiga ko‘ra qanday turlarga
ajratiladi?
10) Server va mijozga ta’rif bering.
69
7. KOMPYuTERDA HUJJAT TAYYoRLASh. WORD MATN MUHARRIRI.
Kompyuterda hujjat tayyorlash, kompyuter o‘yinlari va internet tarmog‘ida
ishlash bilan bir qatorda, kompyuterda eng ko‘p bajariladigan ishdir. Bularning
oxirgi ikkitasidan asosan ko‘ngilxushlik uchun foydalanishni nazarga olsak,
kompyuterdan foydalanuvchilar asosan hujjatlar tayyorlash bilan
shug‘ullanishlari ma’lum bo‘ladi. Hujjatlar matn muharrirlari yoki matn
protsessorlari deb ataluvchi dasturlar yordamida tayyorlanadi. Eng sodda matn
muharrirlariga misol sifatida Windows tarkibiga kiruvchi Bloknot va
Wordpadni keltirishimiz mumkin.
Hujjatlarni tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladigan dastur bu Microsoft Office
tarkibiga kiruvchi Word matn muharriridir. Word muharriri oddiy ikki qatorli
e’lonlardan tortib minglab varaqli murakkab kitoblargacha yarata oladigan
ommabop dasturdir. Foydalanuvchilar dastlab uning imkoniyatlari ko‘pligini
ko‘rib hayratga tushadilar, so‘ngra undagi tugmalarning ko‘pligidan sarosimaga
tushsalar, nihoyat oradan ma’lum vaqt o‘tgach, muharrir bilan yaqinroq tanishgach, uni
o‘rganish, unda ishlash qulayligini, unda har qanday amal ko‘zda tutilganini ko‘rib,
xotirjam bo‘ladilar.
Siz Toshkent shahridagi Dutorchi ko‘chasining yoki shahar qon quyish
stansiyasining qaerda joylashganini bilasizmi? Aminmanki, Toshkent shahrida
bir umr yashagan odamlarning mutloq ko‘pchiligi ham bundan bexabar bo‘lsalar kerak.
Balki Siz Toshkent shahridagi barcha maktablarni aylanib chiqqandirsiz yoki
aylanib chiqqan biror odamni tanirsiz?
Shahardagi barcha maktablarni aylanib chiqmagan bo‘lsangiz-da, bu narsa Sizning
maorif tizimida ishlashingiz uchun, butun umringizni o‘zingiz sevgan kasbga
bag‘ishlashingiz uchun to‘siq bo‘la olmaydi. Bundan tashqari, Siz o‘zingiz tug‘ilib
o‘sgan va yashayotgan hududingizni juda yaxshi bilasiz va Sizni bu hudud bo‘yicha
mutaxassis deyish mumkin. Shaharning boshqa tomonlariga ishingiz tushib qolsa,
hech ikkilanmay yo‘lga chiqasiz va begona joylarda ham so‘rab-surishtirib, o‘z
ishingizni bitirib qaytasiz. Shunga o‘xshash, yillab kompyuterda ishlayotgan
foydalanuvchilar ham Wordning barcha imkoniyatlarini bilmasliklari, shunga
qaramay, ular kompyuterda bemalol hujjat tayyorlay olishlari mumkin.

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin