Chiziqli ko‘rinishda ulangan kompyuterlarga kelayotgan signal barchasiga bir
vaqtda uzatiladi, lekin bu signallarni shu signallar mo‘ljallangan faqat bitta
yoki bir nechta kompyuterlar qabul qilib oladi.
Halqa ko‘rinishida tashkil qilingan tarmoqda kompyuterlar bir-biriga
ketma-ket ulangan bo‘ladi va bir kompyuterdan ikkinchisiga axborot uzatish uchun
ular orasidagi har bir kompyuter navbatma-navbat axborotlarni qabul qilib
oladi va keyingi kompyuterga uzatadi.
Yulduzcha ko‘rinishidagi tarmoqda barcha kompyuterlar yulduzchaning uchi bo‘lgan kompyuterga ulangan va bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga axborot uzatish uchun axborot avval yulduzcha uchidagi kompyuterga, undan ikkinchi kompyuterga
uzatiladi.
Halqa ko‘rinishidagi tarmoqda axborotlarni uzatish juda noqulay bo‘lgani
uchun hozirda undan deyarli foydalanilmaydi va zamonaviy tarmoqlar chiziqli,
yulduzcha yoki ularning aralashmasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Tarmoqlar hududiy joylashishiga qarab uch turga bo‘linadi:
– lokal (mahalliy);
– regional (mintaqaviy);
– global (mintaqalararo).
Mahalliy tarmoqodatda bir tashkilotga tegishli tarmoq bo‘lib, unda
kompyuterlar bir-biriga ulangan bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi bitta binoda
yoki bir-biriga yaqin bir necha binolarda joylashgan bo‘ladi.
Mintaqaviy tarmoq bir hududda joylashgan kompyuterlarni bir-biri
bilan bog‘lovchi tarmoq bo‘lib, uning tarkibiga mahalliy tarmoqlar va mahalliy
tarmoqqa ulanmagan yakka kompyuterlar kiradi. Mintaqaviy tarmoq odatda katta
shahar, viloyat, kichikroq davlat miqyosida bo‘ladi.
Mintaqalararo tarmoqbir-biri bilan bog‘langan mintaqaviy tarmoqlar
yig‘indisi bo‘lib, bir davlatning istalgan nuqtasidan boshqa davlatlardagi shu
tarmoqqa ulangan ixtiyoriy kompyuter bilan bog‘lanish imkonini beradi.
Mahalliy tarmoq orqali ulanish quyidagicha amalga oshiriladi:
1) Har bir kompyuterga mahalliy tarmoq qurilmasi (LAN Card – local area
network Card) o‘rnatiladi.
2) Mahalliy tarmoq simi har bir kompyuter LAN qurilmasiga ulab chiqiladi.
3) Mahalliy tarmoqda ishlaydigan kompyuterga tarmoqni boshqarish dasturiy
ta’minoti o‘rnatiladi.
Bir nechta kompyuter mahalliy tarmoqqa ulanganda, ulardan biri tarmoqni
boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. Tarmoqni boshqaruvchi kompyuter server deb,
tarmoqqa kiruvchi boshqa kompyuterlar esa mijozlar deb ataladi. Server orqali
har bir kompyuterning tarmoqda tutgan o‘rni, ya’ni uning boshqa kompyuterlar bilan aloqa qila olishi, ularning, shu jumladan, serverning resurslari: xotirasiga,
qo‘shimcha qurilmalari – printer, skaner, CD-ROM va boshqalarga butunlay yoki
vaqtincha, yakka yoki birgalikda ega bo‘lish huquqlarini belgilaydi. Server odatda
mijozlarning barcha resurslariga egalik qilishi mumkin, lekin bu imkoniyatlarni
ham cheklab qo‘yish mumkin.
Masalan, maktabdagi o‘quv kompyuterlari sinfi mahalliy tarmoq orqali birbiriga ulangan bo‘lsa, u holda o‘qituvchining ish joyi server, o‘quvchilarning ish
joylari mijoz sifatida tarmoqqa kiradi. O‘qituvchining ish joyidan (serverdan)
68
o‘quvchilarning ish joylari (mijozlar) nazorat qilinib turilishi kerak. Shuning
uchun serverga mijozlarning barcha resurslariga birgalikda egalik qilish huquqi
beriladi. Mijozlar o‘qituvchining ish joyidan boshqarilishi uchun serverning
ma’lum resurslariga ega bo‘lishi kerak. Mijoz kompyuterga test savollarini jo‘natish uchun unga server xotirasining bir qismidan birgalikda foydalanish uchun
ruxsat beriladi. Lekin test natijalarini o‘quvchining ish joyidan o‘zgartirishning oldini olish uchun server xotirasining bir qismidan mijozlarning
foydalanishiga ruxsat berilmaydi.
Mahalliy tarmoq orqali ma’lumot almashish tezligi juda yuqori bo‘lib, u
sekundiga 10-100 Megabitni tashkil qiladi. Bunday tezlik mahalliy tarmoq
orqali yuqori sifatli raqamli teleko‘rsatuvlarni ham uzatish imkonini beradi.
Mahalliy tarmoq orqali Windows yoki Office kabi hajmi katta bo‘lgan dasturlarni
ham birgalikda ishlatish mumkin. Mahalliy tarmoqlarda ishlash uchun barcha
ommaviy dasturlarning variantlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows XP
operatsion sistemasi mahalliy tarmoqda bir vaqtda bir nechta mijoz ish
o‘rinlarida Windows muhitida ishlash imkonini beradi.
Mintaqaviy tarmoqlarda, odatda, modemlar qo‘llaniladi. Bunda tayyor aloqa
tizimlaridan foydalaniladi. Shu sababli, bu tarmoqlardagi axborot uzatish
tezligi juda past, ya’ni sekundiga 1200 bitdan 56000 bitgacha bo‘ladi. Bu tezliklar
jiddiy ishlar uchun yetarli emas, lekin mavjud telefon tarmoqlarining axborotlarni o‘tkazish imkoniyati cheklanganligi sababli bu tezlikni oshirib bo‘lmaydi.
Bu muammoni hal qilish uchun kompyuter tarmoqlari uchun maxsus ajratilgan
liniyalardan foydalaniladi. Ularga radio va kosmik aloqa liniyalari ham kiradi.
Ular orasida optik shisha tolali kabellar o‘z imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Optik kabellarning axborot o‘tkazish imkoniyati sekundiga bir necha Gigabitgacha
yetishi mumkin. Bu esa bir vaqtda yuzlab raqamli telekanallarni uzatish imkonini
beradi. Respublika hukumati tomonidan moliyalashtirilgan TransOsiyo optik
tolali aloqa magistralining O‘zbekiston sarhadiga tegishli qismi 1999 yilda
qurib ishga tushirildi va natijada O‘zbekiston mintaqaviy aloqa va kompyuter
tarmoqlari Angliyadan tortib Singapurgacha bo‘lgan davlatlarning mintaqaviy
tarmoqlari bilan bevosita ulandi. Tez orada bunday optik tolali kabellar
yordamida barcha kompyuterlar bir-biri bilan ulanadi.