AVP Scanner moduli.
Bu modul foydalanuvchi ko‘rsatgan joylarni va ko‘rsatilgan vaqtda
tekshirish va zarurat tug‘ilsa, davolash uchun mo‘ljallangan, u avtomatik tarzda AVP
Control Center tomonidan yoki foydalanuvchi tomonidan ishga tushishi mumkin.
AVP Scanner modulini ishga tushirish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi:
«Pusk» / «Programmы» / «AntiViral Toolkit Pro» / AVP Scanner tanlanadi.
Natijada ekranda quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
U yuklanish jarayonida operativ xotirani virusga tekshiradi va lozim bo‘lsa
yangilanish kerakligini ta’kidlaydi.
Uning oynasi quyidagi kismlardan iborat:
• Location – tekshiriladigan disk va katalog ko‘rsatish;
• Objects – tekshiriladigan ob’ektlarni – fayllar turini ko‘rsatish;
• Actions – virus topilganida bajariladigan amalni ko‘rsatish;
• Options – tekshiruvni olib borish tartibi va parametrlarini ko‘rsatish;
• Statstics – hisobot va statistika oynasi.
Location bo‘limi.
Local Hard Drives – kompyuterning qattiq disklari tekshirilishi
kerakligini ko‘rsatish;
Network Drives – tarmoq qattiq disklari tekshirilishi kerakligini
ko‘rsatish;
Floppy Drives – disketa tekshirilishi kerakligini ko‘rsatish;
Add Folder – joriy katalogni tekshirish lozim bo‘lgan kataloglarga qo‘shish;
53
Scan Now – tekshiruvni boshlash;
Object – topilgan xato va virusli fayllarni ko‘rsatish bo‘limi.
Objects bo‘limi.
Memory – xotirani tekshirish;
Sectors – qattiq disk yoki disketaning yuklanish sektorini tekshirish;
Files – fayllarni tekshirish;
Packed Files – siqilgan fayllarni tekshirish;
Archives – arxiv fayllarini tekshirish;
Mail databases – elektron pochta fayllarini tekshirish;
Smart – tekshiruvni yuzaki o‘tkazish;
Programs – faqat dastur fayllarini tekshirish;
All files – barcha fayllarni tekshirish;
User defined – foydalanuvchi ko‘rsatgan turdagi fayllarni tekshirish.