7.2. Wordda fayllar bilan ishlash.
Kichik hujjatlarni Wordda tezda tayyorlash mumkin, lekin katta
hujjatlarni tayyorlash uchun bir necha kun va undan ko‘p muddat kerak bo‘ladi.
Buning uchun hujjatlarni saqlab qo‘yish, saqlangan hujjatni yuklash, hujjatning
xomaki va boshqa nusxalarini yaratish, ularni chop etish kabi amallarni bajarishga
to‘g‘ri keladi. Hujjatlar kompyuterning tashqi hotirasida fayl ko‘rinishida
saqlanadi va bu amallar bosh menyuning Fayl bo‘limidagi farmoyishlar orqali
bajariladi.
Bu amallar Windowsning standart funksiyalaridan foydalangan holda
bajariladi va ular boshqa dasturlardagi saqlash va yuklash amallari kabidir.
Bundan tashqari, menyuning bu bandida hujjatni ko‘zdan kechirib chiqish va uni chop
etish hamda dastur bilan ishlashni tugatish farmoyishlari ham o‘rin olgan.
Bu amallarning ko‘pchiligini uskunalar panelidagi tugmalar yoki qo‘sh
tugmalar yordamida ham bajarish mumkin. Menyu bandlarining chap tomonida mos
tugmalarning ko‘rinishi, o‘ng tomonida mos qo‘shtugmalar ham o‘rin olgan.
73
Hujjat tarkibi.
Hujjat matndan tashkil topgan bo‘lib, timsollar so‘zni, so‘zlar jumlani,
jumlalar abzasni tashkil etadi. So‘zlar bir-biridan bo‘sh joy belgisi bilan
ajratiladi, abzaslar esa har doim yangi satrdan boshlanadi. Matn kiritilayotganda
keyingi so‘z satrga sig‘may qolsa va bo‘g‘in ko‘chirishga ruxsat berilmagan bo‘lsa, u
butunligicha yangi satrga o‘tkaziladi. Shu sababli yangi satrga o‘tish tugmasi Enter
dan faqat abzasni tugatish uchun foydalanish kerak.
Matn tarkibiga boshqa dasturlarda tayyorlangan hujjatlarni, masalan,
formula, rasm, jadval, diagrammalarni ham kiritish mumkin. Ular ob’ekt
sifatida qaraladi va ularni tahrir qilish uchun ularni yaratgan dastur chaqiriladi.
Ob’ektlar matn tarkibiga maydon deb ataluvchi maxsus joylarni kiritish
orqali joylanadi. Maydonlarda nafaqat boshqa dasturlarning hujjatlari, balki
oddiy matn ko‘rinishida kiritib bo‘lmaydigan, vaqt o‘tishi yoki matn joyi o‘zgarishi
bilan o‘zgaradigan ma’lumotlarni kiritish mumkin. Bunga misol sifatida hujjat
yaratilgan sana, hujjat saqlanadigan fayl nomi, muallifning nomi, qaysi kompyuterda
Dasturda ishlashni tugatish. .
Oxirgi hujjatlardan
birini yuklash
Yangi hujjat yaratish.
Mavjud hujjatni ochish.
Hujjat bilan ishlashni tugatish.
Hujjatni faylda saqlash.
Hujjatni o‘zgacha saqlash.
Internet uchun saqlash.
Hujjatlarni qidirish.
Begonalardan saqlash.
Hujjatning lahjalari.
Dastlabki ko‘rib chiqish.
Sahifaning parametrlari.
Dastlabki ko‘rib chiqish.
Chop etish.
Hujjatlarni jo‘natish.
Hujjatning xossalari.
74
yaratilgani, sahifalarning va ro‘yxat bandlarining tartib raqamlarini keltirish
mumkin.
Matnga boshqa narsalarni kiritish uchun bosh menyuning Vstavka (Joylash)
bo‘limidagi farmoyishlardan foydalaniladi.