Kompyuter savodxonligi


Hujjat bo‘lagini ajratish



Yüklə 404,61 Kb.
səhifə46/81
tarix14.12.2023
ölçüsü404,61 Kb.
#179261
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Hujjat bo‘lagini ajratish.
Matn kiritilgach, uni tahrir qilish: imlo xatolarini to‘g‘rilash, uning
biror bo‘lagini o‘chirib tashlash, nusxa olish yoki o‘rnini almashtirish kabi
amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Bu amallarni bajarish uchun avval matn
bo‘lagini ajratib olish kerak. Matnni ajratishning ko‘plab usullari bor.
1) Sichqon yordamida matn ajratish uchun bo‘lakning bir chetiga sichqon
ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmani bosamiz va uni qo‘yib yubormasdan sichqonni
sudrab kerakli matnni ajratamiz va ajratib bo‘lgach, sichqon tugmasini qo‘yib
yuboramiz.
2) Sichqonni matn bo‘lagini bir chetiga olib kelib chap tugmasini chertamiz.
Sichqonni ajratilishi kerak bo‘lgan matnning ikkinchi chetiga olib kelamiz va Shift
tugmasini bosib turib, sichqonning chap tugmasini yana bir bor chertamiz.
3) Kursorni klaviatura tugmalari yordamida matn bo‘lagining bir chetiga
olib kelamiz va kursorni matn bo‘ylab siljitish tugmalari va qo‘sh tugmalari
yordamida bo‘lakning ikkinchi uchi tomon siljitamiz. Bunda Shift tugmasini doim
bosib turish bilan matnni ajratib olish mumkin.
4) Bitta so‘zni ajratish uchun uning ustida sichqonning chap tugmasini ikki
marta chertish; butun abzasni ajratish uchun uning ixtiyoriy joyida sichqonning chap
tugmasi uch marta chertish; bitta jumlani ajratish uchun uning ixtiyoriy joyida
Ctrl tugmasini bosib turib, sichqonni bir marta chertish kerak.
5) Bitta satrni ajratish uchun sichqon ko‘rsatkichini satrning chap tomonidagi
hoshiyaga o‘tkazib chap tugmani bir marta bosish, butun abzasni ajratish uchun shu
joyda ikki marta chertish, matnning hammasini ajratish uchun uch marta chertish
kerak. Matnni to‘liq ajratish uchun Ctrl+A (lotin alifbosi harfi) qo‘sh tugmasidan
ham foydalanish mumkin.
6) Matnning to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bo‘lagini Alt tugmasini bosib
turib sichqon yordamida ajratish mumkin. Uzluksiz joylashmagan bir necha matn
bo‘laklarini Ctrl tugmasini bosib turib, sichqon yordamida ajratish mumkin.
7) Dasturning Holat satrida joylashgan VDL (vыdelenie ajratish)
yozuvli tugmani ikki marta chertib, matn ajratish tartibiga o‘tish va matnni
ajratib olgach, yana bu tugmani ikki marta chertib matn kiritish tartibiga qaytish
mumkin.
76

Yüklə 404,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin