Компютер тармоқлари 25 маъруза simsiz sensor tarmoqlari


Simsiz sensor tarmoqlarini joriy etish masalalari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə8/10
tarix04.02.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#82847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
uZ573wGPdLZdwjhZFfQTPeFIcngBXmwloaEpmGY0 (1)

Simsiz sensor tarmoqlarini joriy etish masalalari

  • 4. Markazlashtirilmagan boshqarish masalalari.
  • Ko‘plab sensor tarmoqlarini tuzish algoritmi markazlashtirilgan tamoyil bo‘yicha tuziladi. Markazlashtirilmaagan boshqarishda, sensor tugunlar, barcha tarmoqlarning global ma’lumotlarisiz, tugunlar kommutatsiyasi haqidagi yechitmni generatsiyalash uchun, qo‘shni tugunlarlar bilan ma’lumot almashinuvini amalga oshirishlari kerak. Natijada, markazlashtirilmagan algoritmlar optimal bo‘lmasligi mumkin, lekin markazlashtirilganga va energiyaga nisbatan, ancha samarali bo‘ladi. Masalan,markazlashtirilgan boshqarishda bazaviy stansiya barcha sensor tugunlardan so‘rov olishi, ulardan xabarlar olishi, har bir tugunga xabarni uzatishdagi o‘z yo‘nalishini xabarlandirishi mumkin. Tarmoq qanchalik tez-tezdan o‘zgarishda bo‘lsa yo‘qotishlar ham shuncha sezilarli bo‘ladi. Markazlashtirilmagan usul, uncha katta bo‘lmagan xabarlarda, har bir tugunga o‘z yechimlarini shaxsan o‘zlari qabul qilishga imkon beradi (bazaviy stansiyagacha oraliq haqidagi ma’lumotdan tarkib topgan, qo‘shni qurilmalar ruyxati). Ushbu holatda boshqarish uchun yo‘qotishlar ancha kamaytiriladi.

Simsiz sensor tarmoqlarini joriy etish masalalari

  • 5. Qurilma masalalari.
  • Simsiz sensor tarmoqlarning asosiy maqsadi kichik, arzon va samarali qurilmalarni yaratish. Engergiyaning kam sarflanish talabiga ko‘ra ushbu sensor tugun operatsiyalarni bajarishning katta bo‘lmagan tezligiga va saqlanadigan xabarlar hajmiga ega. Shu bilan birga, ushbu shartga ko‘ra GPS-qabul qilgichlarni qo‘llash noma’qul. O‘lchamlar bo‘yicha cheklovlar, simsiz sensor tarmoqlarida bajariladigan, protokollar tuzilishiga va algoritmiga ta’sir etadi. Masalan, tarmoqda barcha marshrutlarning jadvali ancha katta bo‘lishi va tugun yodida joylashmasligi mumkin. Shuning uchun xabarning uncha katta bo‘lmagan qismigina tugun yodida saqlanishi mumkin (masalan, qo‘shni tugun ruyxati).
  • 6. Xavfsizlik masalasi.
  • Sensorlarning oraliqda joylashishi va o‘larning avtomatik ishlashi ularning tashqaridan keladigan hujumlarga nisbatan himoyalanmaganligini oshiradi. Simsiz bog‘lanishda, sensor tugundan uzatiladigan, paketlarni o‘g‘irlash buzg‘unchi uchun ancha oson. Masalan, hujumni amalga oshirishdagi katta xavf «xizmat ko‘rsatishdagi nosozlik» hujumi (denial-of-service). ushbu hujumning maqsadi sensor tarmoqning to‘g‘ri harakatlanishini buzish. Bunga har hil usullarda erishish mumkin, masalan, sensor tugunlarga ma’lumot almashinuviga halaxit beradigan,kuchli signalni uzatishda. Buzg‘unchilardan tizimni himoyalashning har hil variantlari mavjud, lekin ularning ko‘pchiligi uchun apparatlik resurslarga talabi ancha yuqori, va bu sensor tugunlarning ko‘plab talablari bo‘yicha qat’iy cheklovlariga mos emas. Demak, sensor simsiz tarmoqlar kaltlarni yaratish, ularni tarqatish, identifikatsiyalash va tugunlarni himoyalashda yangi yechimlarni talab qiladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin