Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi : Doniyorov r tekshirdi : Xusanov K. Samarqand -2022



Yüklə 68,38 Kb.
səhifə5/12
tarix18.12.2023
ölçüsü68,38 Kb.
#184133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kompyuter tarmoqlari fanidan 307 – guruh talabasi Bajardi Doni

Tarmoq pog’onasi. Bu pog’ona bir necha tarmoqlarni birlashtiradigan yagona transport tarmog’ini tashkil etish uchun xizmat qiladi, mos texnologiya esa tarmoqlararo o’zaro ishlash (internet working) texnologiyasi deyiladi. Turli texnologiyalar (Ethernet, Token Ring, ATM, Frame Relay) bo’yicha qurilgan kompyuter tarmoqlari o’zlarining istalgan foydalanuvchilari orasida faqat o’z tarmog’i chegarasida bog’lanadi, ularda boshqa tarmoqlarga ma’lumotlarni uzatish imkoniyati ko’zda tutilmagan. Hatto MAS-manzillashtirishning yagona tizimi bo’lganda ham bu texnologiyalar bir-birlarida ishlatiladigan kadrlar formatlari va protokollarning ishlash mantiqi bilan farq qiladi. Ya’ni, lokal va global tarmoqlar orasida farq katta.
Transport pog’onasi. Bu pog’ona amaliy ilovalarga (iyerarxiyaning yuqori pog’onalariga): amaliy, taqdim etish va seans pog’onalariga talab etiladigan ishonchlilik pog’onasida ma’lumotlarning uzatilishini ta’minlaydi. OSI modelida 0 dan 4 gacha beshta sinfdagi transport servislari (xizmatlari) aniqlangan. Bu servis turlari taklif etiladigan xizmatlar sifati uzilgan aloqani qayta tiklanish imkoniyati, buzilishlar, yo’qotish va paketlarni almashtirish kabi uzatish xatoliklarini topish va to’g’rilash xususiyati bilan ajralib turadi.
Seans pog’onasi. U tomonlarning o’zaro ishlashini ta’minlaydi, uzatish va qabul qilish tomonlarini qayd etadi, almashtirishni sinxronlashtirish vositalarini taqdim etadi. Bundan tashqari, seans pog’onasi oxirgi nazorat nuqtasidan uzilgan aloqani qayta tiklanishiga imkon beradi, boshqa yuqori va pastki pog’onalar protokollarini ishlatadi. Seans pog’onasining vazifalari, ko’pincha amaliy pog’ona vazifalari bilan birlashtiradi.
Taqdim etish pog’onasi. Bu pog’ona foydalanuvchi uchun axborotlarni zarur shaklda taqdim etilishini ta’minlaydi. Bunda uzatiladigan axborotning tarkibi o’zgarmasligi kerak. Taqdim etish pog’onasi bir kompyuterning amaliy pog’onasiga boshqa kompyuterning amaliy pog’onasi uzatiladigan ma’lumotlarni tushunish imkoniyatini beradi. Bu pog’ona ma’lumotlarni o’zgartirishning dasturiy vositalariga ega, ular ma’lumotlarni talab etilgan shaklda, masalan, simvolli axborotlarda (ASCII kodlarda) keltirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, taqdim etish pog’onasi ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash dasturlariga ega bo’lib, ular tufayli amaliy ma’lumotlar uchun axborotlarni himoyalash ta’minlanadi. Konfidensial axborotlarni almashtirishni ta’minlaydigan protokolga misol SSL (Secure Sosket Layer – himoyalangan paketlar qatlami) protokoli hisoblanadi.
Amaliy pog’ona. Bu printerlar, fayllar kabi ajratilgan resurslar yordamida tarmoq foydalanuvchilari ruxsat eta oladigan protokollar to’plami hisoblanadi, shuningdek elektron pochta protokol yordamida birgalikda ishlashni tashkil etadi. Amaliy pog’ona ma’lumotlari birligi (RDU) xabar deyiladi.
Amaliy pog’ona proktokollariga misol kengroq tarqalgan TSR/IR stekidan NFS va FTP, Microsoft Windows stekidan SMB, NET Ware operasion tizimidagi NCP protokollar bo’lishi mumkin. 3.28-rasmda OSI modelining asosiy pog’onalari, ularning vazifalari, ularga mos protokollar keltirilgan.

Yüklə 68,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin