09aba1defd2dbaf2776be6818724a092 Нигматов Ҳ Kompyuter tizimlari va tarmoqlari китоб
Internetda adreslashtirish va yo‘naltirish.
Xar qanday tarmoq IP-adres tuguni to‘rt bayt ketma-ketlikdan iborat bo‘lib, ularni 0 dan 255 gacha o‘nli son ko‘rinishida yozish qabul qilingan.
Masalan, 144.206.160.32.IP adres ikki qismdan iborat - tarmoq adresi va xost adresi (xost - aniq tarmoq tuguni). Xost sifatida aloxida kompyuter yoki xar qanday qurilma, masalan printer tarmoq kartalari bo‘lishi mumkin.
IP-adresning 5 toifasi mavjud. Ular tarmoq va xost adresiga ajratilgan bit miqdorlari bilan bir-birlaridan ajralib turadilar.
A toifa (birinchi bayt 1 dan 126 gacha, tarmoqlar soni 126, tarmoqdagi xostlar soni 16777214);
V toifa (birinchi bayt 127 dan 191 gacha, tarmoqlar soni 16382, tarmoqdagi xostlar soni 65534);
S toifa (birinchi bayt 192 dan 223 gacha, tarmoqlar soni 2097150, tarmoqdagi xostlar soni 254);
D toifa (birinchi bayt 224 dan 239 gacha, tarmoqlar soni 2000000, tarmoqdagi xostlar soni 228);
E toifa (birinchi bayt 240 dan 247 gacha, tarmoqdagi xostlar soni 227).
A toifa adreslari umumiy foydalanishdagi katta tarmoqlar uchun mo‘ljallangan. V toifa o‘rtacha o‘lchamdagi tarmoqlar uchun yaratilgan (yirik kompaniya, universitet), S toifa esa bir necha kompyuterli tarmoqlar uchun ishlatiladi (firma va kompaniyalar). D- toifa bir gurux kompyuterlar uchun bo‘lsa, E gurux zaxira uchun mo‘ljallanadi.
IP adresi muxitida maxsus zaruriyat uchun bir necha zaxira mavjud:
hamma nollar (berilgan tarmoq tuguni);
tarmoq nomeri Q hamma nollar (berilgan IP tarmoq);
hamma nollar va tugun nomeri (berilgan lokal tarmoq tuguni);
hamma birlar (IP tarmog‘idagi hamma tutunlar);
tarmoq nomeri Q hamma birlar (ko‘rsatilgan tarmoqdagi barcha tugunlar);
127.0.0.1 (kompyuterning o‘z-o‘ziga murojaat qilishi, u qandaydir dasturlarning o‘z-o‘zini tekshirish uchun testlashtirishda qo‘llaniladi).
Adreslarning ayrimlari (masalan, ikkinchisi) bir vaqtning o‘zida bir gurux kompyuterlar uchun xabar yuborishda ishlatiladi. Xabarlarni yuborish chog‘ida xar bir ma’lumotlar paketiga (deytogramma-datagram) qabul qiluvchi tugun adresi qo‘shiladi. Ana shunday paketni olgan xar bir tugun u Erdagi adresni o‘z adresi bilan solishtiradi. Agar u adres begona bo‘lsa, tarmoqdagi adres bilan tekshiradi.
Tekshiruv natjasiga qarab u yoki qayta jo‘natiladi, yoki tashqi tarmoqqa "tashlanadi". Shunday qilib, ma’lumotlar paketi yo‘nalishining ikki usuli bor:
to‘g‘ri yo‘nalish (Diret Routing) - bitta tarmoq tugunlari o‘rtasida amalga oshadi;
noto‘g‘ri yo‘nalish (Indiret Routing) - turli tarmoq tugunlari o‘rtasida deytogramma uzatish. Bu xolda paket yo‘naltiruvchi orqali jo‘natiladi (tarmoqlarni o‘zaro bog‘lovchi maxsus qurilma). U IP-adres paketlarini unga ulangan tarmoq bilan solishtiradi. Keyin paket to‘g‘ri aytilgan adresga yoki navbatdagi marshrutizatorga uzatiladi. Ma’lumotlarni uzatish muvaffaqiyatli chiqishi uchun hamma kompyuterlar IP adres ro‘yxatiga ega bo‘lishi kerak. IP-deytogramma quyidagi axborotlarni saqlaydi: