Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi


MAX () – аrgumеntlаr ro‘yxаtidаn eng kаttаsi (mаksimаl sоn) ni tоpаdi. MIN



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə8/17
tarix01.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#82131
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
2-Ma\'ruza Axborotlarni office dasturlari yordamida qayta ishlash

MAX (<аrgumеntlаr ro‘yxаti>) – аrgumеntlаr ro‘yxаtidаn eng kаttаsi (mаksimаl sоn) ni tоpаdi.
MIN (<аrgumеntlаr ro‘yxаti>) аrgumеntlаr ro‘yxаtidаn eng kichigi (minimаl sоn) ni tоpаdi
SUM (<аrgumеntlаr ro‘yxаti>) bаrchа аrgumеntlаr qiymаtlаrning yig‘indisini hisоblаydi.
DISP (<аrgumеntlаr ro‘yxаti>) – bаrchа аrgumеntlаr uchun dispеrsiyasini hisоblаydi.
Funksiyalarga doir misol ishlab ko‘ramiz
Misol.

y= x=5 bo‘lsa, y ning qiymatni hisolablang


A2 katakchaga x ni, A5 katakchaga y ni, B2 katakchaga x ni qiymatni va B5 katakchaga = (sin(B2+4)+КОРЕНЬ(B2^2+ 5)) / cos(B2 +5) ni kiritamiz. Natijada B5 katakchada uning qiymati hosil bo‘ladi. (11-rasm)



(11-rasm)
EXCEL elektron jadvalida diagrammalar bilan ishlash.
Jadvaldagi ma’lumotlarni ko‘rgazmaliroq qilish uchun ko‘p hollarda grafiklar va diagrammalardan foydalaniladi.
Excel dasturidagi vositalar, elektron jadvaldagi ma’lumotlar asosida diagrammalarni yaratishga imkon beradi.
Diagrammani qurishdan avval shu diagrammada ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning diapazonini tanlash kerak bo‘ladi. Agar bu diapazonga sarlavhali katakchalar kiritilsa, unda shu sarlavhalar diagrammada tushuntiruvchi yozuvlar sifatida ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar diapazoni tanlangandan keyin, «Стандартная» (Standart) uskunalar qatoridagi «Мастер диаграмм» (Diagramma ustasi) tugmasi yoki «Вставка» menyusidan «Диаграмма» buyrug‘i tanlanadi.
«Мастер диаграмм» diagrammani yaratishga tayyorlaydi va bir necha bosqichda ishlaydi. Bir bosqichdan keyingisiga o‘tish uchun «Далее» buyruq tugmasidan foydalaniladi. Diagramma ustasining birinchi bosqichida diagrammaning turi tanlanadi. Excel dasturi o‘nlab turli ko‘rinishdagi diagrammalarni yaratishga imkon beradi.
Agar diagramma ma’lumotlar bazasi ko‘rinishidagi axborotlar asosida yaratilayotgan bo‘lsa, unda keyingi bosqichda ishlatiladigan barcha axborotlar kerakli katakchalarga avtomatik ravishda kiritiladi. Bundan keyin diagrammaning turli qismlarining bezatilish o‘lchamlari tanlanadi.
Оxirgi bosqichida tayyor diagrammani joylashtirish uchun ish varaq (joriy varaq yoki alohida diagramma varag‘i) tanlanadi. «Готово» tugmasi bosilgandan keyin diagramma yaratiladi.
Yaratilgan diagrammani formula sifatida ham qurish mumkin. Agar diagrammani qurishda ishlatilgan ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritilsa, diagramma ham o‘zgaradi. Tayyor diagramma, tanlash va o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, qator elementlardan iborat. Tanlangan element markerlar yordamida belgilanadi.
Markerda sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, kontekst menyuda «Формат» punkti tanlanadi va ochilgan
«Формат» muloqot oynasi yordamida diagramma elementining mazmunini va bezatilishini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin