Daraxtsimon (ierarxik) modelda xamma elementlar yuqoridan pastga ketma-ketligi ko‘rinishida joylashadi. Shuning uchun biror ma’lumotni qidirish doimo yuqoridan boshlanadi. Bu esa natijaga erishishni biroz sekinlashtiradi.
Tarmoqli modellarda vertikal ierarxik bog‘lanishlarga gorizontal bog‘lanishlar xam qo‘shiladi. Natijada zaruriy ma’lumotlarni qidirishda katta ustunliklarga erishiladi.
Relyatsion modellarda esa ob’yektlar va ularning o‘zaro aloqalari ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday ko‘rinishda tasvirlanishi ob’yektlarning o‘zaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos bo‘ldi.
MO tashkil qilish, ularga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MOdan foydalanish uchun maxsus MOlar bilan ishlaydigan dasturlar zarur bo‘ladi. Bunday dasturlar majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MOBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MOBT–bu ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan MOni yaratish, unga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish va MOni birgalikda ishlatish uchun zarur bo‘lgan dasturlar majmuidir. MOBTning tarkibida asosiy komponenti–bu ma’lumotlar bo‘lsa, boshqa komponenti–foydalanuvchilar, hardware- texnik va Software-dasturiy ta’minoti hisoblanadi. hardware tashqi qo‘shimcha xotiradan (disk, magnit lentasi) iborat bo‘lsa, dastur qismi esa MO bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqotni tashkil qilishni amalga oshiradi. MOning tuzilishi o‘rganilayotgan ob’yektning ma’lumotlari ko‘rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadilar:
Bunda dastur tuzgan foydalanuvchi MOBTuchun yozgan dasturiga javob beradi, tizimli dastur tuzuvchi esa butun tizimning ishlashi uchun javobgar hisoblanadi. U holda MO administratori tizimning saqlanish holatiga va ishonchliligiga javob beradi.
Insoniyat tomonidan katta miqdordagi bilimning to‘planishi, turli xil axborotlarni saqlash masalasini xal qilishni talab etadi. Bunda axborotlarni saqlash yagona maqsad hisoblanmaydi, balki u kerakli ma’lumotlardan kerakli vaqtda foydalana olish, turli xujjatlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda bir kancha ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yaratilgan:
REBUS, KARAT, SUBD+, DBASE, FOXBASE, FOXRRO, ACCESS va boshqalar.
Bu tizimlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ma’lumotlar bazasida joylashgan ma’lumotlarni ko‘rish
Ma’lumotlar bazasining yozuvlaridan nusxa olish va boshqalar.
Har bir tizim bir-biridan buyruqning bajarilish tezligi va miqdori bilan farqlanadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari bir vaqtning o‘zida to‘qqiz xil turdagi fayllar bilan ish yuritadi. Xotirada saqlanayotgan xar bir fayl universal nomga ega bo‘lib, fayl nomi va fayl turidan tashkil topadi. Fayl nomifoydalanuvchi tomonidan kiritilsa, faylning turi foydalanayotgan buyruqqa ko‘ra tizim tomonidan avtomatik ravishda o‘rnatilgan. Ma’lumotlar bazasi fayllari quyidagi turlarga ega:
dbt - ma’lumotlar bazasining xotira fayli;
dbf - ma’lumotlar bazasining aktiv fayli;
ndx - ma’lumotlar bazasining tartiblashgan fayli;
mem - xotira faylining ishchi fayli;
rrg - ma’lumotlar bazasining buyruqli fayli;
fmt - ma’lumotlar bazasining formatlashgan fayli;
ebe - ma’lumotlar bazasining ko‘rsatkichli fayli;
frm - ma’lumotlar bazasining hisobot fayli;
txt - ma’lumotlar bazasining matnli fayli;
Ma’lumotlar bazasining aktiv fayli foydalanuvchi tomonidan kiritilgan barcha axborotlarni o‘zida saqlaydi. har bir fayllar bir milliarddan ortiq yozuvni saqlash mumkin. Bir yozuvda 128 ta ustunni ifodalash mumkin. Ma’lumotlar bazasi bilan ish yuritishda xotira qismini 15 ta oblastga ajratish mumkin va maxsus buyruqlar yordamida xar bir oblastga aloxida faylni chaqirib maxsus ishlarni bajarish mumkin. Ya’ni, yangi ma’lumotlarni kiritish, ortiqcha ma’lumotlarni uchirish, nusxa olish, hisobot ishlarini amalga oshirish va boshqalar. Bundan tashqari oblastlarga chaqirilgan fayllarni o‘zaro bog‘lash, ya’ni biriktirish mumkin. Fayllarni biriktirishda faqat ikkita soxa qatnashadi. Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini tegishli buyruqlar bilan tahminlanadi.