Jadval yaratish - bu ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ehtiborga olgan holda uning maydonlarini ifodalash demakdir.
Jadval yaratish asosan uch xil usulda bajarilishi mumkin:
- ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan jadval yaratish;
- jadvalni konstruktor rejimida yaratish;
- jadvalni Master yordamida yaratish.
Jadvalni yuqoridagi uchchala usul bilan yaratish chog‘ida xam Sozdat tugmasini bosilsa quyidagi xollardan biri tanlanishi kerak bo‘lgan muloqot darchasi ochiladi:
Rejim tablitsa (jadval holatida). Bunda jadval oddiy mexanik usulda yaratiladi, ya’ni ekranda formal nomlarda Pole1, Pole2, Pole3, . . .bo‘sh jadval maydonlari paydo bo‘ladi.
Konstruktor. Konstruktor holatini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin bo‘lgan muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar barchasi klaviatura yordamida qo‘lda kiritiladi yoki keraksiz maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini o‘zgartirish kabi amallarni bajarish mumkin bo‘ladi.
Master tablitsa (jadval ustasi). Jadval ustasi bilan ish yuritganda ekranda hosil bo‘lgan muloqot darchasida namunaviy jadvallar ro‘yhati va bu jadvallarga mos bo‘lgan namunaviy jadval maydonlari foydalanuvchiga taklif etiladi. Foydalanuvchi bu muloqot darchasida mavjud bo‘lgan ixtiyoriy jadval va uning maydonlarini tanlab olib (maydonlarning nomini o‘zgartirishi mumkin) yangi jadval tuzishi mumkin. Bunda maydonlarning turi ham avtomatik ravishda maydon nomiga mos holda tanlanadi
Import tablitsa (Boshqa ma’lumotlar bazasidan jadvalni tanlash). Bunda maxsus muloqot darchasida import qilinuvchi MO tanlab olinadi va uning jadvalidan kerakli maydonlar nusxalari o‘z nomi va ma’lumotlari bilan yangi MOga o‘tkaziladi va ulardan keyinchalik xoxlagancha foydalanish mumkin.
Agar jadvalni ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan yaratish kerak bo‘lsa, u xolda Otkrit yoki Konstuktor tugmalarini bosilsa xam Rejim tablitsa dagi kabi bo‘sh jadval paydo bo‘ladi. shundan so‘ng maydon nomlari va mos ravishda ularning ma’lumotlarini kiritish mumkin. Lekin maydonga kiritilayotgan ma’lumotlarning turlari faqat konstruktor rejimidagina o‘rnatiladi.
Zapros (so‘rov) lar tashkil qilish Bu jarayon MO darchasining Zapros (So‘rov) bo‘limida Sozdat tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda mos muloqot darchasi paydo bo‘ladi. Jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun Zapros tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Konstruktor - mustaqil ravishda yangi so‘rovlar tuzish.
Prostoy zapros (oddiy so‘rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo‘li bilan so‘rovlar tuzish.
qiyosiy so‘rov - MO da mavjud bo‘lgan bir nechta jadval va so‘rovlarni chatishmasidan yangi so‘rovlar yaratish.
Bog‘lanmagan yozuvlar- joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni qidirib topish uchun so‘rovlar tuzish.