Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/17
tarix01.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#82131
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Ma\'ruza Axborotlarni office dasturlari yordamida qayta ishlash








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI, INTELLEKTUAL MUHANDISLIK TIZIMLARI KAFEDRASI








AXBOROTGA ISHLOV BERISH VA ALGORITMLASH
fanidan

2-MA’RUZA
5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomotlashtirish kunduzgi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
Farg‘ona – 2022



2-mavzu: Axborotlarni office dasturlari yordamida qayta ishlash. (4 soat)
Reja:

  1. Microsoft Word matn muharriri

  2. Matn prosessori yordamida murakkab hujjatlarni shakllantirish

  3. Elektron hujjatlar va gipermatn hujjatlar.

  4. Excel dasturi haqida ma’lumot

  5. Elektron jadval katakchalari va ular ustida amallar bajarish.

  6. MS Excelda formula va funksiyalаr bilan ishlash

  7. MS Excelda hisoblashlarni bajarish

  8. Ma’lumotlar ombori haqida umumiy malumot.

  9. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MOBT)

  10. MOBT MS ACCESS dasturi

  11. MO jadvallar, so‘rovlar, hisobotlar bilan ishlash


Tayanch so‘zlar: Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point, avtomatn, avtomuharrir, asboblar paneli, formatlash, avtoformat, kolontitul, ustunlаr sаrlаvxаsi, qаtоrlаr tаrtibi, fоrmulа
Hozirgi kunda axborot bilan ishlash, uni qabul qilish, yaratish, qayta ishlash ko‘p vaqt talab qilmoqda. Shuning uchun 1995-yilda Microsoft kompaniyasi tomonidan axborotlarni kirituvchi, uni taxrir qiluvchi, ularni jadval usulida tartiblovchi, hattoki matematik amallarni bajaruvchi MICROSOFT OFFICE pakti dasturini ishlab chiqdi.
Bu dastur kundan kunga ko‘pgina kerakli dasturlarni o‘z ichiga olmoqda. Masalan ular ichida eng ko‘p foydalanadiganimiz Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Power Point va h.k.
Microsoft Office paketiga murojaat etish uchun Pusk → Programmi → Microsoft Office dasturiga sichqonchani olib kelishimiz kifoya. Shunda ekranimizda qo‘shimcha muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynada:

ma’lumotlar ombori bilan ishlovchi dastur;

jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish uchun mo‘ljallangan dastur;

anketalarni joylashtirish (kadrlar bo‘limi) uchun yaratilgan dastur;

internet tizimi orqali kiruvchi xatlarni o‘qish imkoniyatiga va xat yuborish imkoniyatiga ega dastur;

slaydlar yaratish, ularga chiqish animatsiyalarini qo‘yish imkonini beruvchi dastur;

har xil turdagi taklifnoma (открытка)lar yaratish imkonini beruvchi dastur;

va ma’lumotlar bilan ishlashda, ularni kiritishda, chop etganimizda eng ko‘p foydalanadigan dasturimiz Microsoft Word dasturini ham o‘z ichiga oladi.
Microsoft Office dasturi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, Publishr dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qo‘shimcha qilib, Outlook va Power Point dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2007, 2010, 2013 va 2016 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin ko‘payib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng ko‘p foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2010 va undan keyingi versiyadagi dasturlardir. Bu dastur nafaqat mutaxassislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.


Microsoft Office versiyasi

Tarkibidagi dasturlar soni

Ishlab chiqarilgan yili

Microsoft Office 95

3

1995

Microsoft Office 97

4

1997

Microsoft Office 2000

5

2000

Microsoft Office XP

5

2001

Microsoft Office 2003

7

2003

Microsoft Office 2007

9

2006

Microsoft Office 2010

9

2009

Microsoft Office 2013

12

2012

Microsoft Office 2016

12

2015

Microsoft Office 2019

12

2019

Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo‘shilib borsada o‘z ko‘rinishini o‘zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o‘zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo‘lsada, ko‘rinishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilar edi.


WORD matn muharriri Microsoft firmasining mahsulotidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:

  • Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to‘g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i ularni qayta yozadi.

  • Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g’irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.

  • Asboblar paneli - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.

  • Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin.

  • Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.

  • Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin.

  • Konteks menyusi – “sichqoncha” ning o‘ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan ob’ektga mos ravishda menyu ham o‘zgarib turadi.

Ofis 2016 dasturida sahifa parametrlarini sozlash maket meyusi yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin