Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə3/17
tarix01.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#82131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
2-Ma\'ruza Axborotlarni office dasturlari yordamida qayta ishlash

Elektron jadval katakchalari va ular ustida amallar bajarish.


Ustunlаr sаrlаvhаsi. Jаdvаldаgi bаrchа mаvjud 16384 ustunlаr lоtin аlifbоsining bоsh xаrflаri bilаn bеlgilаnаdi vа u А dаn bоshlаb IV gаchа bеlgilаnib bоrilаdi. Bоshqаchа аytgаndа, А dаn Z gаchа, kеyingi ustunlаr АА, АV,.....,АZ,VА,...,VZ,.... vа h. 16384-ustun XFD dеb bеlgilаnаdi. Birоr ustunning bаrchа katakchalаrini bеlgilаb оlish uchun ustun sаrlаvhаsi ustidа sichqоnchа tugmаsini bоsish kеrаk.
Qаtоrlаr tаrtibi. Ishchi jаdvаlning xаr bir qаtоri tаrtib rаqаmigа egа bo‘lib, u 1 dаn tо 1048576 gаchа rаqаmlаnаdi. Bu qаtоrlаrning kеrаgini tаnlаb оlish sichqоnchа yoki klаviаturаdаgi tugmаlаr mаjmuini bоsish оrqаli аmаlgа оshirilаdi.
Excel jadval protsessorida yangi ochilgan fayl (kitob) bir nechta varaqlarga bo‘lingan va bu varaqlar sonini 256 tagacha ko‘paytirish mumkin. Varaqlar nomi (лист1, лист2, лист3 va hk.) Excel oynasi past qismida keltirilgan.(2-rasm)



2-rasm
Varaq qo‘shish jarayoni.
Varaqlar qo‘shish uchun varaq nomi kontekst menyusi ishga tushiriladi va «Добавить» buyrug‘i ishga tushiriladi. O‘chirish uchun «Удалить», nomini o‘zgartirish uchun «Переименовать», ko‘chirish yoki nusxa olish uchun
«Переместить/Скопировать», hamma listni tanlash uchun «Выделить все листы», yorliq rangini tanlash uchun «Цвет ярлычка» buyrug‘idan foydalaniladi.
Excel jadval protsessorida butun varaq katakchalarga bo‘lingan. Katakchalar standart ravishda vertikaliga ustunlar sarlavhasi harflar bilan gorizontaliga satrlar sarlavhasi sonlar orqali ketma-ket nomlanadi va mos ravishda har bir katakcha jadvaldagi o‘rniga qarab quyidagicha nom oladi: A1, A2, A3 ...... B1, B2, B3 va hokazo.
Katakcha nomi katakcha nomi maydonida ko‘rsatib turiladi va uning nomini shu maydon orqali o‘zgartirilishi mumkin. (3-rasm)



3-rasm


Katakchalar eni quyidagicha o‘zgartiriladi: Ustun sarlavhasi o‘ng tarafidagi chiziqqa ko‘rsatkichni keltirib va ikki taraflama strelka ko‘rsatilgandan keyin sichqoncha chap tugmasini bosgan holda keraklicha ustun katakchalarining eni o‘zgartiriladi yoki menyu satridan «Формат»–«столбец»–»ширина» buyrug‘ini tanlab, katakcha eni son bilan ko‘rsatiladi. Bunda butun ustun eniga o‘zgaradi. Agar bir nechta ustunlar bir xil bo‘lishi kerak bo‘lsa, ular avval ustunlar sarlavhasi orqali belgilab olinadi va ixtiyoriy bittasi eni o‘zgartiriladi.
Katakchalar bo‘yiga quyidagicha o‘zgartiriladi: satr sarlavhasi tagidagi chiziqqa ko‘rsatkichni keltirib, tepaga- pastga strelka ko‘rsatilgandan keyin sichqoncha chap tugmasini bosgan holda harakatlantiriladi yoki menyu satridan
«Формат» - «строка» - «высота» buyrug‘ini tanlab, katakcha bo‘yi son bilan ko‘rsatiladi. Bunda butun satrdagi katakchalar bo‘yiga o‘zgaradi.
Agar bir nechta satr boyini bir xilda o‘zgartirish kerak bo‘lsa, bu satrlar belgilab olinadi. (4- rasm)



4- rasm
Satr katakchalarining balandligini o‘zgartirish jarayoni
Katakchalar ish varag‘iga quyidagicha qo‘shiladi: menyu satridan «Вставка»-«ячейки» buyrug‘ini tanlagandan keyin «Добавить ячейки» oynasi paydo bo‘ladi, undan tanlash yo‘li bilan katakcha, satr yoki ustun qo‘shish kerakligini ko‘rsatiladi. Satr yoki ustun qo‘shish uchun menyu satridan mos ravishda «Вставка» – «строка» yoki «столбец» buyrug‘ini tanlash mumkin. Joriy kitobga yangi ish varag‘ini qo‘shish uchun menyu satridan «Вставка» –«Лист» buyrug‘i ishga tushiriladi.
Katakchalar ish varag‘idan quyidagicha o‘chiriladi (olib tashlanadi): menyu satridan «Правка»–«удалить» buyrug‘ini tanlash yo‘li bilan yoki kontekst menyudan «Удалить» buyrug‘ini tanlash yo‘li bilan. Bu ikkala holda «Удаление ячеек» oynasi ochiladi, undan tanlash yo‘li bilan katakcha, satr yoki ustun o‘chirish kerakligi ko‘rsatiladi. Joriy kitobdan ish varag‘ini olib tashlash (o‘chirish) uchun menyu satridan «Правка»–«Удалить листь» buyrug‘i ishga tushiriladi va so‘rovlarga mos ravishda javob beriladi.
Katakcha formati quyidagicha o‘zgartiriladi: menyu satridan «Формат»-»Ячейки» buyrug‘i yoki kontekst menyudan «Формат ячеек» buyrug‘i ishga tushiriladi. (5- rasm)

5- rasm
«Формат ячеек» oynasida quyidagilar o‘zgartiriladi: sonlarning formati, katakchadagi yozuv joylashish o‘rni, harf turi va ko‘rinishi, chegarasi chiziqlari, ko‘rinishi, rangi va himoya o‘lchamlari. Son formatni tanlash oynasi 6- rasm


6- rasm



«Выравнивание» oynasi

  1. Katakchadagi yozuvni gorizontaliga tekislash maydoni.

  2. Katakchadagi yozuvni vertikaliga tekislash maydoni.

  3. Katakchadagi yozuv eniga joylashmasa keyingi satrga o‘tkazish bayroqchasi.

  4. Belgilangan katakchalarni birlashtirish va bekor qilish bayroqchasi.

  5. Yozuvni tanlash orqali ma’lum gradusga og‘dirish.

  6. Yozuvni og‘dirish burchagini ko‘rsatish maydoni (gradusda).




Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin