Ba’zan foydalanuvchi ma’lumotlar bazasidan muayyan parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarga muxtoj bo‘lib qoladi. Masalan, ma’lum davr oralig‘i uchun hisobotlar tayyorlash va chop etishda. Ana shunday vaziyatlarda Zaprosni parametrlar bo‘yicha tashkil qilish lozim bo‘lib qoladi. Shunday maqsad qo‘yilganda SQL tilining maxsus buyrug‘i LIKE[...] orqali Zapros ni tashkil qilish mumkin. Kvadrat qavs ichida foydalanuvchi uchun qidiriladigan ob’yektni ifodalovchi ixtiyoriy matn kiritish mo‘ljallangan. Masalan, LIKE[mamlakat nomini kiriting]. Ushbu buyruqni Uslovieotbora maydoniga joylashtirish lozim. Zapros ishga tushirilgach, maxsus muloqot darchasi ochilib u yerda kvadrat qavs ichida yozilgan ma’lumot va matn maydoni paydo bo‘ladi. Foydalanuvchi kerakli parametrni kiritib OK tugmasini bossa natijaviy jadval paydo bo‘ladi.
Yuqoridagi misolda tug‘ilgan joy nomlarini parametr sifatida keyin kiritish kerak bo‘lsa, u xolda tug‘ilgan joyi nomli maydon ostidagi Uslovie otbora: maydoniga LIKE[Tug‘ilgan joy nomini kiriting] kiritiladi va uskunalar panelidagi ! tugma bosiladi. Natijada Tug‘ilgan joy nomini kiriting degan ma’lumot ko‘rsatilgan bo‘sh matn maydonili maxsus muloqot darchasi ochiladi. U yerga kerakli joy nomini kiritib OK tugmasi bosilsa natijaviy jadval paydo bo‘ladi.
«So‘rov» da hisoblash jarayoni
Zapros yaratish blanki pastki qismidagi maydon nomi kiritilmagan bo‘sh blankasiga, jadvalda boshqa maydonlar bo‘yicha hisoblashni tashkil etish natijalari yoziladigan bo‘lsa, u maydon hisob maydoni deyiladi. Bunday maydonda, avval hisoblash natijasini anglatuvchi yangi
Natijaviy «So‘rov» tuzish texnologiyasi «So‘rov» lar nafaqat kerakli ma’lumotni olish va uni ishlash uchun, balki natijaviy hisoblashlar tashkil qilish imkonini ham beradi. Masalan, qandaydir yozuvlar guruhi bo‘yicha o‘rta arifmetik qiymatini yoki yig‘indisini topish. Bu holda ham zapros blanki yordamida ish bajariladi. Bunda yozuvlarni biror belgisiga qarab alohida guruhlarga jamlash talab qilinadi va bunda guruhlash degan yordamchi qator paydo bo‘ladi. Ushbu qatorni namunaviy blankda paydo qilish uchun asboblar panelidagi belgili tugmani bosamiz. shundan so‘ng Imya tablitsa va Sortirovka maydonlari orasida Gruppovaya operatsiya nomli maydon xosil bo‘ladi.
Zaprosda ishlatilayotgan xar bir jadval maydonlarining Gruppovaya operatsiya nomli maydoni satrida Gruppirovka amali tanlangan qisqartirilgan ro‘yxat maydonlari paydo bo‘ladi.
Bu qisqartirilgan ro‘yxat maydonida quyidagi amallar joylashgan: