Master yordamida forma yaratish Master yordamida forma tashkil qilish 4 bosqichdan iborat bo‘lib, u Sozdanie form nomli muloqot darchasida amalga oshiriladi:
1- bosqichda formaga kiritish mumkin bo‘lgan jadval yoki zapros nomi tanlanadi. So‘ngra shu jadval yoki zaprosning formaga kiritiladigan maydonlari nomlari Dostupnqe polya nomli maydondan tanlanadi va > belgi bosiladi, agar barcha maydonlarni tanlash kerak bo‘lsa, u xolda >> belgi bosiladi. Noto‘g‘ri tanlangan maydon nomi Vibrannoe polya nomli maydondan tanlanib < belgi bosiladi. Yana boshqa jadval yoki zaproslar maydonlarini xam shu formada aks ettirish kerak bo‘lsa, uning ustida xam xuddi yuqoridagi kabi ish qilinadi. Navbatdagi bosqichga o‘tish uchun Dalee > tugmasi bosiladi.
2- bosqichda formaning tashqi ko‘rinishini tanlanadi. Ular odin stolbets, lentochnoy, tablichnoy, virovmennoy, svodnaya tablitsa yoki svodnaya diagramma ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Navbatdagi bosqichga o‘tish uchun Dalee > tugmasi bosiladi.
3- bosqichda formaning fon tasvirini yoki uslubini (stilg‘) tanlanadi. Ular Diffuzionnoy, Kamen, Mejdunarodnoy, Najdachnaya bumaga, Ofitsialnoy va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Navbatdagi bosqichga o‘tish uchun Dalee > tugmasi bosiladi.
4- bosqichda tayyor bo‘lgan formaga nom berish xamda formani ma’lumotlar kiritish va ko‘rib chiqish uchun ochish yoki forma maketini o‘zgartirish amallaridan birini tanlash amalga oshiriladi. Ishni tugatish uchun Gotovo tugmasi bosiladi.
Formani konstruktor yordamida yaratish
Formani konstruktor yordamida odatda faqat bitta jadval yoki zaprosga yaratiladi, Master yordamida esa bir vaqtda bir nechta jadval va zaproslardan olingan maydonlar to‘plamiga xam forma tashkil etish mumkin.
Formani konstruktor yordamida tashkil qilish uchun MO darchasining Forma ob’yektiga o‘tiladi va Sozdanie forma rejime konstruktora tanlanib Sozdat tugmasi bosiladi. shundan so‘ng Novaya forma nomli muloqot darchasi ochiladi. U yerda avval muloqot darchasining pastki qismida forma tuziluvchi jadval yoki zapros nomi qisqartirilgan ro‘yxat maydonidan tanlanadi, so‘ngra Konstruktor rejimi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi.
Natijada forma yaratish uchun maxsus Forma1 : forma deb nomlangan darcha va unga ob’yektlarni joylashtirishga yordam beradigan Panel elementov deb nomlangan boshqaruv elementlari joylashgan panel xamda tanlangan jadval yoki zaprosning maydonlari ro‘yxati joylashgan panelg‘ ochiladi.
Forma tuzilmasi asosan 3 qismdan
- Forma sarlavhasi,
- Ma’lumotlar soxasi,
- Eslatmalar satri
iborat bo‘ladi. Lekin Konstruktor rejimida birinchi marta forma yaratilayotganda odatda faqat ma’lumotlar soxasigina ko‘rinib turadi. qolgan bo‘limlarini xam ko‘rinadigan qilib qo‘yish uchun dastur tavsiyanomasining Vid bo‘limidagi Zagolovok/primechanie forma buyrug‘i tanlanadi. Bu bo‘limlarga boshqaruv elementlari joylash orqali uni yanada mazmunini boyitish mumkin.