Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti, intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə11/17
tarix01.02.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#82131
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
2-Ma\'ruza Axborotlarni office dasturlari yordamida qayta ishlash

MOBT MS ACCESS dasturi
MS Access MS Office tarkibiga kiruvchi dastur bo‘lib, uning yordamida MO yaratish, boshqarish va foydalanish mumkin. Access dasturining ustunlik tomoni shundaki, u yordamida yaratilgan MOning xamma ob’yektlari diskda bitta fayl sifatida saqlanadi.
MS Access dasturi ham relyatsion modellar asosiga qurilgan bo‘lib, unda tashkil qilinadigan MOlar jadval ko‘rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – shu maydonga kiritiladigan ma’lumotlarni xossalarini ifodalaydi.
Yozuv–mantiqiy bog‘langan maydonlar yig‘indisidir. Unda biror predmet soxasidan olingan ma’lumotlar joylashtiriladi.
Demak, maydon MOning asosiy tuzilmali elementi bo‘lib, u quyidagi xossalar bilan ifodalanadi:
- uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o‘lchanadi),
- nomi (maydonning o‘ziga xos alohida xususiyati),
- podpis- imzo (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Matnli maydon.

  2. Sonli maydon.

  3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon.

  4. Mantiqiy maydon (1 0; ha yoki yo‘q; rost yoki yolg‘on kabi mantiqiy birliklar bilan ifodalanadi).

  5. Pul birliklarida ifodalangan maydon.

  6. MEMO maydoni.

MO ning maydonlari albatta nomlanishi va u nomlar bitta jadvalda takrorlanmasligi kerak. Nom uzunlini 64 tagacha belgilardan iborat bo‘lib, unda nuqta(.), undov(!) va kavdrat qavs([]) belgilari ishlatilishi mumkin emas. Nom bo‘sh joy belgisi bilan boshlanishi xam mumkin emas.
Maydon uchun imzo majburiy xossa bo‘lmagani uchun uni ishlatish shart emas. Imzo asosan forma va hisobotlarda maydon nomini o‘rnini bosib turadigan ma’lumot. Lekin, ba’zan maydon nomi qisqartirib ishlatilgani uchun uni xar xil forma yoki hisobotlarda ifodalash maqsadga muvofiq emas. Shunday xollarda maydon nomi o‘rniga uning imzosini ishlatgan mahqul. Imzoda maydon nomi uchun qabul qilingan cheklashlar yo‘q. Bitta jadvalda bir xil imzolar ishlatilishi mumkin.
Maydon uzunliklari ularning asosiy xossasi bo‘lib, ular xar bir turdagi maydon uchun xar xil bo‘ladi, masalan:
- matnli maydon uchun 256 tagacha, odatda 50 ta qilib olinadi;
- sonli maydon uning butun yoki xaqiqiy sonligiga bog‘liq bo‘lib ko‘rsatilgan formatlardan biri tanlanadi yoki andoza(maska) yaratiladi;
- vaqt va sanani ifodalovchi maydon o‘z formatlariga ega bo‘lib ulardan biri tanlanadi yoki mos andoza yaratiladi;
- pul birliklarida ifodalangan maydon sonli maydon bilan bir xil bo‘lib, faqat oxiriga biror davlat pul birligini ko‘rsatib turishi bilan farqlanadi;
- MEMO maydoni 256 tadan 65535 tagacha belgidan iborat bo‘lgan matnli ma’lumotlarni faylda saqlaydi;
- Schetchik maydoni esa yangi qo‘shilgan yoki olib tashlangan yozuvlarni avtomatik ravishda raqamlab chiqishga xizmat qiladi.
Access jadvaliga kiritilayotgan xar qanday ma’lumot to‘g‘ridan-to‘g‘ri diskka yoziladi va agar unga o‘zgartirishlar kiritilsa avvalgisi qayta tiklanmaydi.
Access dasturini ishga tushirish va uning ob’yektlari
Access asosiy muolqot oynasida 6ta ob’yekt nomlari keltirilgan bo‘lib, asosan shular bilan ish yuritiladi. Bular: Tablitsa (jadvallar), Zapros (so‘rovlar), Forma (formalar), Otchet (hisobotlar), Makros (makro buyruqlar) va Modul(modullar).
Tablitsa - MOning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy ob’yekti bo‘lib, u ikki o‘lchovli jadval shakliga ega.
Zapros – bir yoki bir necha jadval va zaproslardagi ma’lumotlarni qo‘yilgan shart asosida tanlaydi, maydonlar va ularning guruxlari ustida hisob ishlarini bajaradi.
Forma – jadval yoki zapros ma’lumotlarini foydalanuvchi xoxlagan ko‘rinishida elektron blank shaklida ifodalab beradi. Formalar ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, taxrirlash, hisob ishlarini bajarish va chop etishga imkon yaratadi. Formalarda bir necha jadval va zaproslardan olingan ma’lumotlarni xam ifodalash mumkin.
Otchet jadval yoki zaproslar yordamida olingan natijalarni ma’lum ko‘rinishlarda printerda chop etishga imkon beradi.
Modul - Visual Basic dasturlash muxitida yozilgan dastur bo‘lib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan bajarilishiga imkon yaratadi,
Makros - bir qator buyruqlar majmui asosida hosil bo‘lgan makrobuyruq bo‘lib, foydalanuvchi tomonidan jadval tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin