Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshqa shaxsga zarar etkazmoqchi bo‘lgan nohuquqiy muomaladan har qanday hujjatlashtirilgan, ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot himoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga faqat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi;
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zahirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs haqiqatan ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik — etarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin:
• ishonchlilik — tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;
• aniqlilik — hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan holda o‘zini tutishi.