Reja: 1. Raqamli hisoblash texnikasining vujudga kelishi va evolyutsiyasi. 2. Hisoblash mashinalari strukturalarini bo‘laklash darajasi. 3. Hisoblashni avtomatlashtirish vositalarining evolyutsiyasi. Biz axborot asrida yashayapmiz: YuNESKO hujjatlarining guvohlik berishicha, bugungi kunda rivojlangan davlatlar aholisining yarmidan ko‘pi axborot sohasi (K ish/ch, texnik ximat korsatish, kitob, oquv qo`llanma. (K rivoj-ishsizlik, K rivoj-yangi tex riv. yangi ish orin ochilish)-IT kadr, 1 million dasturchi, google amazon, apple ishlab chiqarish(dastur)da mehnat qilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi, ularning bazisi, kompyuter texnologiyalarining apparat vositalari tashkil etadi.
Zamonaviy hisoblash mashinalari (HM) va tizimlari (HT) ilmiy va muhandislik tafakkurning muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi, ularning inson faoliyatining barcha sohalariga ta’sirini baholash juda qiyin.
Avtomatik yoki avtomatlashtirilgan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo'ljallangan qurilmalar majmuasi hisoblash texnikasi deb ataladi.
Bitta ish maydoniga xizmat ko'rsatish uchun mo'ljallangan o'zaro ta'sir qiluvchi qurilmalarning ma'lum bir to'plami kompyuter tizimi deb ataladi.
Ko'pgina hisoblash tizimlarining markaziy birligi kompyuterdir.
Kompyuter (ing. computer – “hisoblagich”, lot. computo – hisoblayman) – berilgan, aniq belgilangan, oʻzgaruvchan amallar ketma-ketligini bajarishga qodir qurilma yoki tizim dastur deb ataladi.
Kompyuter – dasturlash yordamida avtomatik ravishda arifmetik yoki mantiqiy ketma-ketliklarni bajarishga ko’rsatma beruvchi mashina.
Kompyuter - ma’lumotlarni qabul qilish, belgilangan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni yuqori tezlida barish va natijalarni ekranga chiqarish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
Kompyuter - ma’lumotlarni saqlash, qayta tiklash va ishlov berish uchun dasturlashtirilgan elektron qurilma.
Kompyuter arxitekturasi nima?
Kompyuter arxitekturasi – kompyuter tizimi yoki platformasini yaratish uchun dasturiy va qurilma ta’minoti texnologiyasi standartlarining o’zaro munosabatini qanday amalga oshirish haqidagi tafsiloti to’plami.
Kompyuter arxitekturasi – tizim qurilmalari va fizik tuzilmalarni tasvirlash uchun umumiy termin.
Kompyuter arxitekturasi - boshqa soxalarda qo’llanilgani kabi, tizimning tashqi vizual xususiyatlariga tegishli.