lahim o‘tuvchi komplekslar yaratilgan. Masalan, «Sibir — 1» kompleksi MDH mamlakatlari ko‘mir shaxtalarida keng qo‘llanilmoqda. Bu kompleks konstruktiv texnologik jihatdan o‘zaro bog‘langan uskunalar tizimi ko‘rinishida bo‘lib, chig‘ir (лебёдка) yordamida relsda harakatlanadi.
Portlatilgan kon massasini to‘la yoki qisman transport vositasiga yuklangandan so‘ng lahimli vaqtinchalik (zarurat tug‘ilganda), keyinchalik doimiy mustahkamlashga kirishiladi. Yog‘och mustahkamlagichlar kavjoy surilishi bilanoq qo‘lda o‘rnatiladi. Mustahkamlagichlarni o‘rnatish quyidagi jarayon va operatsiyalardan tashkil topadi: mustahkamlagich romlarini o‘rnatilishga joy tayyorlash va uning ustunlarini tiklash uchun chuqurchalar hosil qilish; romni o‘rnatish; lahim yonlari va shiftlariga toqilar terish; toqi va lahim devorlari orasidagi bo‘shliqni tosh yoki boshqa materiallar bilan to‘ldirish.
Romlar lahim o‘qiga tik va bir-biridan ma’lum masofada (0,6—1,0) o‘rnatiladi. Trapetsiyasimon romlar ustunlari gorizontga nisbatan 80—85° qiyalikda tiklanadi.
Trapetsiyasimon metall mustahkamlagichlarni o‘rnatish ham yog‘och mustahkamlagichlarni o‘rnatish tartibi kabidir. Metall mustahkamlagichlarni tiklash kam mexanizatsiyalashgan bo‘lib, asosan, yo‘l kuchi bilan bajariladi. Ayrim jarayonlarni bajarish uchun o‘rnatgich, ko‘targich kabi mexanizmlardan foydalaniladi. Ba’zida arkasimon to‘sinlarni ko‘tarishda lahim o‘tuvchi kombayn strelasidan foydalaniladi.
Monolit va temir-beton mustahkamlagichlarni o‘rnatishda yig‘ma yoki suriluvchi (mexanizatsiyalashgan) opalubkalar qo‘llaniladi. Yig‘ma opalubka o‘rnatilgandan keyin lahim de- vorlari beton bilan tiklanadi. Dastlab, 100—150 mm qalinlikdagi qatlam shaklida beton quyiladi, uni obdon zichlanadi, ikkinchi qatlamni quyib, u ham zichlanadi va hokazo.
Lahimning har ikki devori beton bilan tiklangandan so‘ng gumbaz ostiga yarimaylana shaklidagi opalubkani hosil qiluv- chi yig‘ma opalubka elementlari o‘rnatiladi, har ikki devor tomonidan gumbaz markazi tomon beton quyilib, mustahkamlagich arkasi barpo etiladi.
Yig‘ma beton (temir-beton) mustahkamlagichlarini tiklash oddiy va arkasimon bloklarni (tyubinglar) terib, montaj qilish- dan iboratdir. Mustahkamlagichni barpo etish lahim devorlari ostiga poydevor bloklarini o‘rnatishdan boshlanadi. Bloklar montaj qilinayotganda ular orasiga, eziluvchanlikni ta’minlash maqsadida, eziluvchan materiallar (odatda, yog‘och) qo‘yiladi. Lahim devorlari montaj qilingach, mustahkamlagichning arka qismiga o‘tiladi.
Kon lahimlarini o‘tishda uni muvaffaqiyatli bajarishga qulay sharoit yaratish maqsadida asosiy jarayonlar bilan birga qator yordamchi ishlar ham amalga oshiriladi. Yordamchi ishlar vaqtinchalik mustahkamlagichni tiklash, temir yo‘l yotqizish (konveyerni uzaytirish), shamollatish quvurini uzaytirish, suv chiqaruvchi ariqcha hosil qilish kabilardan iboratdir.
O‘tilayotgan lahim kavjoyini vaqtincha mustahkamlash kavjoyda bajariladigan asosiy jarayonlar xavfsizligini, ya’ni lahim shiftidagi jins bo‘laklarining qulab tushishini bartaraf etishni ta’minlaydi.
Kavjoy surilishi natijasida temir yo‘lni uzaytirib borish talab etiladi. Chunki lahim kavjoyi har bir lahim o‘tish sikli tugallanishi bilan ma’lum masofaga oldin o‘rnatilgan temir yo‘ldan (yoki konveyerdan) uzoqlashadi. Yuklangan teng yo‘l tarkibining harakatlanishi va yerosti suvlarining oqishini yengillashtirish maqsadida temir yo‘lni stvol tomon yo‘nalishda kichik qiyalikda yotqiziladi. Yerosti suvlarini lahimdan chiqarishga mo‘ljallangan ariqcha ham kichik qiyalikda lahim- ning zaminida barpo etiladi. Kon lahimlari kavjoyini shamollatish va u yerdagi energiya, ya’ni quvur va kabellar iste’- molchilarni energiya bilan ta’minlash uchun lahim yon devorining yuqori qismiga ilib qo‘yiladi.