Kon ishlari asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə44/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

779110


492458


Qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom etmoqda.


Naugarzon uchastkasi


6919


3074


Qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom etmoqda.


Opartog‘ uchastkasi


374670


150694


Qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom etmoqda.


Obliq maydoni


188668


-


Qo‘shimcha o‘rganish ishlari davom etmoqda.


Cho‘chqabuloq


125467


-


Qo‘shimcha o‘rganish


maydoni






ishlari davom etmoqda.


Nishbosh maydoni


250408


-




Janubiy Boysun koni


5759


-




Boysun konining








markaziy uchastkasi


12870


-




Boysun konining


bashorat


-


Qidiruv o‘rganish


sharqiy uchastkasi


zaxirasi 20 mln.tonna




ishlari davom etmoqda.



  1. Shaxta va shaxta maydoni


Shaxta — foydali qazilmalarni yerosti usulida qazib olib, uni bevosita iste’molchilarga yoki boyitish fabrikalariga yetka­zib berish bilan shug‘ullanuvchi konchilik sanoati korxonasidir.

Boshqacha qilib aytganda, shaxta — bu shaxta maydoni chegaralaridagi foydali qazilmani qazib olishga mo‘ljallangan, yer yuzida joylashgan inshootlar va yerosti kon lahimlari majmuyidir. Shaxta ishlab chiqarish quvvati, ishlash muddati, shaxta maydonidagi balans va sanoat zaxiralari, shaxta may- donining cho‘ziqlik va og‘ishi bo‘yicha o‘lchamlari bilan tavsiflanadi.

Ma’lum vaqt birligi (24 soat, yil) mobaynida qazib olina- digan, tonna (yoki kub metr)larda o‘lchanadigan foydali qazilma miqdori shaxtaning ishlab chiqarish quvvati deyiladi.

Shaxta maydonidagi foydali qazilma sanoat zaxirasini qazib olish davri shaxtaning ishlash yoki faoliyat ko‘rsatish muddati deyiladi.

Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha turli shax- talar mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati bir necha million tonnani tashkil qiladi. Masalan, «Raspadskaya» shaxtasining (Rossiya) quvvati 7,5 mln. t, «Reyland» shaxtasining (Ger- maniya) quvvati 5 mln.t ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan shaxtalar nisbatan kam quvvatli shaxtalar hisob­lanadi va ularning yillik ishlab chiqarish quvvati 400—500 ming tonna (Angren 9-shaxta) va 200—250 ming tonnani (Sharg‘un shaxtasi) tashkil qiladi.

Konchilik korxonalari amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish quvvati qancha katta bo‘lsa, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shuncha yaxshi bo‘ladi, ya’ni quvvati katta kor- xonalarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, mahsulot tan- narxi nisbatan kichik bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, korxo- naning foydasi, rentabellik darajasi va boshqa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining oshishiga ijobiy ta’sir etadi. Shunga ko‘ra, MDH davlatlarida shaxtalarning yillik ishlab chiqarish quvvati


  1. 6—1,2 mln. t dan tortib 3,6—4,5 mln. t bo‘lishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan shaxtalarning ishlash muddati 40-50 yildan kam bo‘lmasligi lozim. Shaxtalarni loyihalashda ularning to‘liq va hisobiy ishlash muddatlari aniq- lanadi.


Shaxtalarning hisobiy ishlash muddati Tx shaxta maydo- nidagi sanoat zaxirasini (Zc) shaxtaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga (Q) nisbati orqali aniqlanadi.

Tx Q yil

Shaxtaning to‘liq ishlash muddati Tt ni aniqlash uchun hisobiy ishlash muddati Tx ga shaxtaning loyihaviy quvvatiga erishish muddati t\, va shaxtaning so‘nish (tugatish) muddati t2 qo‘shiladi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin