Kon ishlari asoslari


h=h ■ sin □, k kv 5 4.3- rasm



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə52/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

h=h ■ sin □,
k kv 5



4.3- rasm. Shaxta maydonini qavatlarga (a), pollarga (b), qazish stolbalariga (d) va aralash usulda tayyorlash (e):

1 va 2 — bosh va yordamchi stvollar; 3 — bosh tashish shtreki; 4 — bremsberg;

5 — uklon; 6 — qazish maydoni; 7 — qazish stolbasi; I—VI — qavat va pollarni

qazib olish tartibi.
bunda hk — qavatning vertikal tekisligidagi proyeksiyasining balandligi; hkv — qavatning qiyalik bo‘yicha balandligi; a — qatlam og‘ish burchagi.

Ko‘p hollarda qavat qanoti cho‘ziqlik bo‘yicha kichikroq qismlarga bo‘linadi va ular orqali uchastka (oraliq) bremsbergi yoki sirpanmalar (skatlar) o‘tiladi.

Bitta bremsberg yoki sirpanma xizmat ko‘rsatadigan qavat qismi qazish maydoni deb ataladi. Ushbu lahimlarning o‘tilgan joyiga nisbatan qazish maydoni bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘lishi mumkin.

Og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha qazish maydoni ikki qismga ajratiladi, bu qismlar nimqavat deyiladi. Ular o‘rtasidan o‘tilgan oraliq (nimqavat) shtreki nimqavatlar chegarasi hisob­lanadi.

Polli tayyorlash usuli. Shaxta maydonini polli usulda qazishga tayyorlashda u ko‘tarilish yoki og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha qismlarga bo‘linadi. Bu qismlarning o‘lchamlari: og‘ish bo‘yicha 800—1200 m, cho‘ziqlik bo‘yicha esa, 1500—2000 m ni tashkil qiladi (4.3-b rasm).

Pol — shaxta maydoni yoki gorizont hududidagi qatlamni qazishga xizmat qiluvchi gorizontal yoki qiya tashish va shamollatish lahimlari kompleksi bilan chegaralangan shaxta maydonining bir qismi. Odatda, har bir polning o‘rtasida bosh tashish shtrekidan boshlab bremsberg yoki uklon o‘tiladi, ular polni ikki qanotga ajratadi.

Qatlam og‘ishi bo‘yicha pol yanada kichikroq qismlarga bo‘linadi, bu kichik qismlar yarus deyiladi. Yaruslar kon- veyer va shamollatish yarus shtreklari bilan chegaralanadi. Yarusning har bir qanotida bittadan lava (kavjoy) joylashgan bo‘ladi.

Shaxta maydonini polli usulda qazishga tayyorlash qavatli tayyorlash usuliga nisbatan qator afzalliklarga ega, ulardan eng asosiylari: qatlamdan qazib olinadigan ko‘mir miqdorini ko‘paytirish texnik jihatdan sodda va oson; bitta qatlamdan qazib olinadigan ko‘mir miqdorining ko‘p bo‘lishi; qazib olin­gan ko‘mirni lavadan to bosh tashish shtrekigacha tashishda yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan konveyer transportini qo‘llash mumkinligi; bitta qatlamdan ko‘p miqdordagi ko‘mirni qazib olish imkoniyati 1 t ko‘mir tannarxini arzonlashtirishga imkon beradi.

Qavatli tayyorlash usuliga nisbatan katta hajmdagi qiya kon- tayyorlov lahimlarini o‘tish zaruriyati polli tayyorlash usulining kamchiligi hisoblanadi va shaxta maydonini bu usulda qazishga tayyorlanganda shtreklar bo‘ylab tashish ishlari taxminan 20-30% ga ko‘proq bo‘ladi.

Polli tayyorlash usuli, asosan, gorizontal va qiyaligi 16°-18° bo‘lgan ko‘mir qatlamlarini qazishga tayyorlashda qo‘llaniladi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin