Shaxta maydonini qismlarga ajratish, tayyorlash va qazib olish tartibi
Shaxta maydoni zaxiralarini qazib olish iqtisodiy sama- radorligini ta’minlash maqsadida, uning maydoni, miqyosining qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, qoidaga asosan, kichik qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Shaxta maydonini ochish masalalarini hal qilishdan oldin uni qanday qismlarga ajratish kerakligini aniqlash zarur. Chunki shaxta maydonini ochish, uni qismlarga ajratish va foydali qazilma zaxiralarini qazishga tayyorlash ishlari o‘zaro bog‘liq va ularning o‘lcham- lari ham bir-biriga mos kelishi kerak.
Shaxta maydonlari bloklarga ajratilgan va ajratilmagan bo‘lishi mumkin (4.1-rasm).
4.1-rasm. Shaxta niaydonini gorizontlarga (a) va bloklarga (b) ajratish.
Blok - yer yuzidan uning hududida joylashgan kon lahimlariga toza havo yuborish va ishlatilgan havoni chiqarib tashlash, odamlarni shaxtaga tushirish va chiqarish, materiallar hamda uskunalarni tashishni ta’minlash maqsadida o‘tilgan stvollar orqali ochilgan shaxta maydonining bir qismidir.
Foydali qazilma va kon jinslarini yer yuziga ko‘tarish bosh stvol orqali amalga oshiriladi. Blok hududida joylashgan bosh stvollar markaziy stvollar deyiladi va ular shaxta maydonidagi barcha bloklarga xizmat qiladi. Bloklar o‘zaro katta kesim yuzasiga ega bo‘lgan maydon shtreklari orqali birlashtiriladi.
Yotiq ko‘mir qatlamlarini qazib olishda har qanday kon- geologik sharoitda shaxta maydoni tik stvollar bilan ochiladi va uni ikki-uch yoki undan ham ko‘p bir-biriga teng qismlarga bo‘linadi. Bu qismlarning har bin gorizont deb yuritiladi.
Gorizont - bu shaxta maydonining og‘ish yo‘nalishi bo‘yicha bosh tashish shtreki bilan, yuqori yoki quyi tomonidan shaxta maydonining chegaralari bilan tutashgan qismidir. Shaxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha chegaralari gorizontning yon tomon chegaralari hisoblanadi (4.2-rasm).