Kon ishlari asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə48/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

C = 1-0,01 Kr

Taxminiy hisoblash uchun qatlamning qalinligiga nisbatan C ning qiymatini quyidagi miqdorlarda qabul qilish tavsiya etiladi:


  • yupqa qatlamlar uchun — 0,92-0,9;


  • o‘rtacha qalinlikdagi qatlamlar uchun - 0,9-0,85;


  • qalin qiyaroq qatlamlar uchun - 0,85-0,82;


  • qalin tik qatlamlar uchun - 0,82-0,8;


  • qatlam qalinligining o‘rtacha zichligiga bo‘lgan ko‘paytmasi qatlam unumdorligi deyiladi va u quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:


P = m ■ p, t/m2.

Bunda m - qatlam qalinligi, m; p - ko‘mirning o‘rtacha zichligi, t/m3.

Ko‘mirning o‘rtacha zichligini taxminiy hisoblash uchun quyidagi qiymatlardan foydalanish tavsiya etiladi: antratsit - 1,6 t/m3, toshko‘mir uchun - 1,35 t/m3, qo‘ng‘ir ko‘mir uchun


  • 1,2 t/m3.


Asosi 1 m2 va balandligi qatlam qalinligiga teng bo‘lgan prizmadagi ko‘mir miqdori qatlam unumdorligini ifodalaydi.

Qazishga tayyorlanganlik darajasi bo‘yicha sanoat zaxirasi ochilgan, tayyorlangan va qazishga tayyor zaxiralarga bo‘- linadi.

Ochilgan zaxira - bu sanoat zaxirasini qazib olish uchun qo‘shimcha kapital lahimlar (stvollar, shtolnyalar, kapital kvershlaglar va bremsberglar) o‘tishni talab etmasdan qazib olinishi mumkin bo‘lgan sanoat zaxirasining bir qismi.

Tayyorlangan zaxiralar - bu asosiy tayyorlov lahimlari bilan chegaralangan va qazib olish uchun qo‘shimcha kon-tayyorlov lahimlarini o‘tishni talab etmaydigan ochilgan zaxiraning bir qismi.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin