Kon ishlari asoslari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə45/91
tarix07.06.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#126308
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Tt = Tx + ti + t2 yil.

ti va t2 larning qiymatlari shaxtaning ishlab chiqarish yillik quvvatiga nisbatan aniqlanadi. Konchilik sanoati korxonalari amaliyotida, asosan: t1=2-3 yil, t2=l-2 yil.

Katta maydonda joylashgan konlarni alohida konchilik korxonalari tomonidan qazib olish uchun uni bir necha qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir.

Foydali qazilma koni maydonining bitta shaxta tomonidan qazib olish uchun ajratilgan qismi shaxta maydoni deyiladi. Odatda, foydali qazilma faqat gorizontal ko‘rinishda yotmaydi va gorizontga nisbatan ma’lum qiyalikda yotadi. Shu sababli shaxta maydoni yuqori va pastki, shuningdek, yon tomonlari bo‘yicha chegaralarga ega bo‘ladi. Shaxta maydonining ko‘ta- rilish bo‘yicha chegarasining yuqori chegarasi, og‘ish bo‘yi- cha chegarasi, pastki chegara va cho‘ziqligi bo‘yicha chega- ralari esa yon chegaralari hisoblanadi. Shunga ko‘ra, shaxta maydoni quyidagi o‘lchamlar bo‘yicha tasvirlanadi: gorizontal yotqiziq (qatlam)larda - bo‘yi va eni; qiya va tik qatlamlarda


  • cho‘ziqligi va chuqurligi, cho‘ziqlik bo‘yicha tik yo‘na- lishdagi o‘lchami.


Sanoat miqyosida shaxta tomonidan qazib olishga ajratilgan yer bag‘riga joylashgan foydali qazilma (ko‘mir) yotqizig‘i kon ajratmasi deb ataladi. Kon ajratmasi chegaralaridagi yer yuzidan foydalanish mumkin emas.

Zamonaviy shaxtalarda shaxta maydonining cho‘ziqlik bo‘yicha o‘lchami 20 km, og‘ish bo‘yicha o‘lchami esa, 4— 5 km bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik shaxta maydonlarining cho‘ziqlik bo‘yicha o‘lchami 6—7 km, og‘ish bo‘yicha o‘lchami esa, 2—3 km ni tashkil qiladi.


  1. Shaxtalarni metan bo‘yicha kategoriyalarga


ajratish

Ko‘mir konlarini yerosti usulida qazishda ko‘mir qatlami va uning atrofini o‘ragan kon jinslaridan kon lahimlariga metan gazi ajralib chiqadi. Metan gazi uch shaklda ajralib chiqishi mumkin: oddiy, suflyar va to‘satdan ajralib (otilib) chiqish.

Oddiy ajralib chiqish shaklida metan ko‘mir qatlami va kon jmslarining ochilgan maydoni bo‘yicha bir xil miqdorda tekis ajralib chiqadi va atmosferaga qo‘shiladi.

Suflyar shaklda gaz jins yoriqlari, qatlamga burg‘ilangan shpur va skvajinalar, shuningdek, geologik buzulish uchastkalari orqali oqib chiqib atmosferaga qo‘shiladi. Suflyar gaz oqimi dastlabki vaqtlarda maksimal bo‘lib, keyinchalik asta-sekin pasayib boradi. Suflyar gaz oqib chiqishi bir necha kundan tortib bir necha yilgacha davom etishi mumkin.

Gazning to‘satdan ajralib chiqishi shunday dinamik hodi- saki, bunda ko‘mir qatlamining bir qismi tez buzilib, bir onda katta miqdordagi gaz otilib chiqadi va o‘zi bilan birga mayda­langan ko‘mirni ham olib chiqib, kon lahimiga uyib qo‘yadi.

Ko‘mir shaxtalari metandorlik bo‘yicha quyidagi besh kate- goriyaga bo‘linadi (4.4-jadval).

4.4-jadval



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin