Bunda C(m3/soat) — 24 soat davomida shaxtadan chiqarib tashlangan suv miqdori, m3/sutka.
Qt/soat — 24 soatda shaxtadan qazib olingan foydali qazilma miqdori, t/sutka.
Ko‘pchilik shaxta va rudniklarning suvchanlik koeffitsiyenti 1 dan ortiq bo‘ladi. Bahorda eruvchanlik va yomg‘ir ko‘p yog‘ishi tufayli shaxtalarga oqib keladigan suv miqdori odatda- gidan 1,5—2 barobar ko‘p bo‘ladi. Ma’lumki, yerosti suvlari, ko‘pincha, ishqorli va kislotali bo‘ladi. Bundan tashqari, suvlarda turli zararli mikroorganizmlar mavjud bo‘lib, ular iste’mol qilinganda turli yuqumli kasalliklarga uchrash mumkin. Shu sababli shaxtadan chiqarib tashlangan suvlarni iste’mol qilish qat’iyan man qilinadi. Shaxta suvlari bosh, yordamchi stvollar va maxsus shurflar orqali suv chiqarish qurilmalari yordamida yer yuziga chiqarib tashlanadi. Uchastkalardagi suvlar ariqchalar orqali bosh tashish shtrekiga oqib keladi va
bosh shtrekdagi ariqcha orqali dastlab stvol qo‘rasi maydoniga qurilgan suv yig‘gich (hovuz)ga quyiladi, u yerda suvdagi loyqalar cho‘kib, suv tiniqlashadi. Tiniq suv esa, qabul qudu- g‘iga oqib tushadi va markazdan qochirma nasoslar yordamida yer yuziga chiqarib tashlanadi. Nasoslar maxsus kameraga o‘rnatiladi. Bitta kameraga uchta nasos o‘rnatiladi. Ulardan bittasi ishlab turadi, ikkinchisi zaxira shaklida ishlatishga tayyor turadi, uchinchisi esa, ta’mirlashda bo‘ladi.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Ruda konlarini yerosti usulida qazib olishning o ‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
Ruda yo ‘qotUishi va sifatsizlanishini ta ’riflab bering. Yo ‘qotilish miqdorini aniqlash ifodalarni yozing.