Konchilik ishi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə1/9
tarix02.06.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#122258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK TEXNOLOGIYA INSTITUTI

ENERGETIKA VA KONCHILIK ISHI FAKULTETI
NEFT-GAZ VA KONCHILIK ISH KAFEDRASI

KONCHILIK ISHI” ASOSLARI FANIDAN





KURS ISHI


Yo’nalish nomi: 60722000-Marksheyderlik ishi
Guruh raqami: 12-21
Talaba F.I.O Norqulov N.
Qabul qildi: Imzo___________ Muhammadiyev E.M.
Termiz-2022

Mundarija


Kirish 2
Xondiza koni haqida qisqacha umumiy ma’lumot 5
Xondiza konining umumiy geologik tavsifi 8
Xondiza konining geografik joylashgan o’rni 15
Ruda konlarini ochish va tayyorlash 16
Burg’ulash-portlatish ishlari hisob-kitoblari 21
Shaxta maydonidagi foydali qazilma zaxirasini hisoblash. 24
Burg’ilash usullari haqida umumiy ma’lumot 26
Zarb bolg’asi va u haqida umumiy ma’lumot 30
MO—39 Pnevmatik zarb bolg‘asining tuzilishi. 31
Xulosa 34
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 35









Kirish


Konchilik ishi insoniyat faoliyatining asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib,hayot darajasi va ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlaydi.Kon ishlari sanoatning yetakchi tarmog’I sifatida konlarni izlab topish,ularni qazib chiqarish,qazib olingan xomashyoni dastlabki qayta ishlash,konchilik korxonalarini qurish va turli vazifalarni bajarishga mo’ljallangan yerosti inshootlarini barpo etish kabilarni o’z ichiga oladi.
Foydali qazilma konlarini yerosti,ochiq,geotexnologik va boshqa usullarda qazib chiqarishning tamoyillarini o’zlashtirish mazkur fanning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Konchilik sanoati kon ishlari tarkibini tashkil qiluvchi bo’g’in sifatida foydali qazilma konini qazib olish va dastlabki boyitish ishlarini amalga oshiradi hamda mamlakat xalq xo’jaligiga yoqilg’I (tuz,yonuvchi slaneslar,torf,neft,tabiiy gaz),qora,rangli,siyrak va radioaktiv metal rudalari,kon-kimyo xomashyolari,qurilish materiallari va boshqa xomashyolarni yetkazib beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan material va xomashyolarni dunyo miqyosida qazib chiqarish ekspertlar hisobi bo’yicha 160-180 mlrd. tonna kon massasini tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 8 mlrd.t yoqilg’I,570 mln.t qora metal rudasi,170 mln.tonna rangli metal rudasi,620 mln. Tonna industrial mineral xomashyo qazib olinmoqda.
Konchilik sanoatining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti,mudofa quvvati va mustaqilligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir.O’zbekiston Respublikasi konchilik sanoati bo’yicha rivojlangan mamlakatlar qatorida yetakchi o’rinlarda turadi’
Hozirgi vaqtda respublikamizda konchilik sanoatining quyidagi tarmoqlari mavjud bo’lib,ular yuqori suratlarda rivojlanib bormoqda:
-yoqilg’I qazib chiqarish (tuz,yonuvchi slaneslar,neft,tabiiy gaz,uran);
-rangli metallurgiya (oltin,kumush,mis,rux,qo’rg’oshin,volfram va boshqalar);
-kon-kimyo xomashyosi qazib chiqarish (appatit,fosforit va turli mineral tuzlar);
-tabiiy qurilish materiallari qazib chiqarish (granit,marmar,ohaktosh,shag’al,qum va boshqalar).
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida 2800 ga yaqin turli foydali qazilma konlari topilgan.Ulardan 850 dan ko’prog’I to’la tekshiruvdan o’tgan va 400 ga yaqini foydalanishga topshirilgan.Biroq shuni aytish kerakki,ishlayotgan konlarning qariyb 80-85 % i tabiiy qurilish materiallariga to’g’ri keladi.Bu konlarni qazib olayotgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvati juda past bo’lib,kon massasi bo’yicha unumdorligi 25-50 ming tonna (yoki kub metr)ni tashkilqiladi.Shuningdek,o’rta va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan konchilik korxonalari ham mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi.Ularga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,Navoiy kon-metallurgiya kombinati,O’zbekiston “Tuz” aksionerlik jamiyati hamda ko’plab neft va tabiiy gazni qazib chiqaruvchi korxonalar misol bo’la oladi’
Konchilik sanoati korxonalarida kon qazish ishlarining o’ziga xos murakkab va xavfli xususiyatlari mavjud.Ularning asosiylari quyidagilardir:
-foydali qazilma konlarini o’zlashtirish atrof-muhitga bevosita ta’sir ko’rsatib,qator ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi;
-ish joylarining doimo surilib turishi kon qazish ishlarini mexanizatsiyalash,avtomatlashtirish va tashkil qilishga alohida talablar qo’yiladi;
-qazish ishlarining tobora chuqurlashib borishi natijasida geologic sharoitlarning murakkab lashib borishi,gazodinamik hodisalarning sodir bo’lish ehtimolligi,shaxta (rudnik) atmosferasi haroratining ko’tarilishi kabi omillar.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin