Xondiza konining geografik joylashgan o’rni
Xondiza polimetall koni va shu nomdagi ruda koni Hisor tizmasining Surxontov tog’larining markaziy qismida joylashgan.
Kon ma’muriy jihatdan Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida tuman Sariosiyodan 54 km,Sharg’un shahridan 43 km,Denov shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan.
Konda 1968-1974 yillarda mufassal razvedka ishlari olib borilgan.Konni T.SH.Shoyoqubov ochgan.
Geografik jihatdan kon hududi yuqori darajada ajratilgan tog’li relef bilan ajralib turadi.Ruda konining shimoliy qismida eng bilan ko’rsatkich 3075.2 m,Markaziy uchastka hududida 1300 m (Xondiza daryosi vodiysi) dan 1800 m gacha.Sharg’un ko’mir korxonasi 6 km uzoqlikda joylashgan.Sariosiyo temir yo’l vokzali shimoli-sharqda.
Mintaqaning iqlimi mo’tadil kontinentaldir.Yillik yog’in miqdori 550-600 mm dan oshmaydi.Haroratning o’zgarishi +35 (iyul) va -26 (yanvar) oralig’ida.Asosiy yomg’irli mavsum-may va iyun oyining boshlarida.Qor qoplami noyabr oxirida shakllanadi,ammo mart va aprel oyida qor allaqachon yo’q.
Ruda konlari hududida qalin (10-14m) bo’shashgan to’rtlamchi shakllanishlarning rivojlanish joylari bilan bog’liq bo’lgan ko’chki jarayonlari namoyon bo’ladi.Ko’chkilar odatda aprel-may oylarida kuchli yomg’irli yillarda sodir bo’ladi.Yer osti konining suvga bo’lgan ehtiyojini Xondiza daryosi ta’minlaydi; qayta ishlash korxonasi-Sangardak daryosi hisobidan.
Ruda konlarini ochish va tayyorlash
Ruda konlari yotqiziqlarini katta qismi gorizontga nisbatan o’ta qiya (tik) yoki qiya holatda yer qobig’iga joylashgan bo’ladi. Bu konlarni yuqoridan pastga yo’nalishda qazib olish ishlarini yengillatish maqsadida qavatlarga bo’linadi. Odatda, qavatlarning vertikal balandligi 60-80 metrni tashkil qiladi, ayrim hollarda esa, 20-30 yoki 300 metrgacha bo’lishi mumkin. Ruda yotqizig’i cho’ziqligi bo’yicha qavatlar uzunligi 50-60 bo’lgan bloklarga ajratiladi. Blok yon chegaralari bo’ylab tashish va shamollatish gorizontlarini tutashtiruvchi ko’tarmalar (vosstayushiylar) o’tiladi.Har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil qazish birligi xisoblanadi. Gorizontal yotqiziqlar shtreklar orkali pollarga (panellarga) bo’linadi. Ruda konlarini ochishda ruda tanasining yer qobigida joylashish elementlari va kon-geologik sharoitlariga ko’ra vertikal, qiya stvollar yoki shtolnyalar o’tish orqali ochish usullaridan foydalaniladi. Ruda konlarini ochishda vertikal stvollar bilan ochish usuli keng qo’llaniladi (3.1 va 3.2-rasm ). Bosh stvol, odatda har bir blok ruda qazib olinadigan mustaqil azish birligi xisoblanadi. Ruda tanasi yotish yoni tomonida, yer yuzining surilishi mumkin bo’lgan zonasidan tashqarida joylashtiriladi. Stvolni bunday joylashtirish uni saqlashga qoldiriladigan ruda tseliklari bo’lmasligi sababli ruda yuqotilishini kamaytirishni ta’minlaydi. Konni ochishda shaxta stvoli odatda yer yuzidan birinchi gorizontgacha o’tiladi va qavat kvershlagi o’tish orkali ruda yotqizig’i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishi borasida (davomida) stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavat kvershlagi o’tiladi. Shu sababli ruda konlarini kazib olishda shaxta stvollarini tez-tez chuqurlashtirish asosida navbatdagi pastki gorizont zaxiralari qazib olinadi. Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqa kon qazish ishlarini bajarish uchun konni ochishda bosh stvoldan tashqari yordamchi stvollar ham o’tiladi. Toza havo oqimi shaxtaga bosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchi stvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.
3.1-rasm. Tik ruda yotqiziqlarini vertikal stvollar bilan ochish: 1-bosh stvol; 2- yordamchi stvollar; 3- qavat kvershlaglari.
Chuqurlik bo’yicha katta uzunlikka ega bo’lgan ruda tanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizontlarini ochish, ko’p xollarda ko’r stvollar o’tish orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm). Bosh stvol ruda tanasining bor bo’yiga o’tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig’ma) gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda ruda tushirgichlar orqali yig’ma gorizontga tushiriladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig’ma gorizont kvershlagi orqali tashilib bosh (ruda kutarish) stvoliga yetkazib beriladi. Gorizontal va juda yotiq ruda yotqiziqlari xam vertikal stvollar bilan ochiladi. Bunday xollarda ruda yotqizigi qavatlarsiz qazib olinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o’zaro ruda yotqizigi ostidagi kon jinslaridan o’tilgan maydon tashish shtreki orqali tutashtiriladi (3.3- rasm).
3.2-rasm. Yig’ma gorizontli vertikal stvol ortli konni ochish: 1- bosh stvol; 2 - qavat kvershlaglari; 3 – yig’ma gorizont kvershlaglari; 4 - ruda tushirgich; 5 – ko’r stvol.
Ana shu tashish shtregi ruda tanasidan o’tilgan kon- tayyorlov laximlari bilan ruda tushirgichlar tizimi orqali tutashtiriladi. Qazish ishlarini osonlashtirish uchun ruda yotqizigi pol yoki bloklarga bo’linadi.
3.3-rasm. Goqrizontal yotqiziqni vertikal stvol bilan ochish: 1 - bosh stvol; 2 - yordamchi stvol; 3 - shamollatish stvoli; 4 - ruda tushirgich; 5 -tashish shtregi.
3.4-rasm. Ruda konlarini shtolnyalar bilan ochish: 1-bosh shtolnya; 2-yordamchi shtolnya; 3- ko’r stvol; 4-maydon shtreklari.
Ko’pgina ruda yotqiziqdari togli xududlarga joylashgan bo’ladi. Bunday konlar, odatda shtolnyalar o’tish bilan ochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizigini bosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohida qavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o’tiladi, bosh shtolnyadan pastki gorizontlarni esa ko’r stvol o’tish bilan ochiladi (3.4-rasm). Konlarni shtolnyalar bilan ochilganda transport va shaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba’zan ruda konlarini ruda tanasi bo’ylab yoki uning yotish yoni jinslaridan o’tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi. Ochilgan ruda tanalarini qazishga tayyorlash tashish gorizontida kon-tayyorlov laximlari turini barpo etishdan boshlanadi. Yirik va qiya ruda konlarida ruda tanasini tushish yo’nalishi bo’yicha qavatlarga bo’lib qazishga tayyorlash quyidagi variantlarda bajarilishi mumkin: kon-tayyorlov laximlari rusumi bo’yicha -shtrekli va ortli; tayyorlov laximlarining ruda tanasiga nisbatan joylashishi bo’yicha-ruda laximlari bilan, maydon laximlari bilan va aralash laximlar bilan; transport vositalarining xarakatlanish tarzi bo’yicha -berk yo’llik, aylanma yo’llik. Tayyorlash sxemasini, asosan ruda yotqizig’i kalinligiga nisbatan tanlab olinadi. Kichik qalinlikdagi ruda yotqizigini qazishga tayyorlashda ruda shtreklari va berk yo’llik transport sxemasi qo’llaniladi (3.5.a-rasm). O’rtacha qalinlikdagi va qalin yotqiziqdarni qazishga tayyorlash ishlari maydon, ruda va aralash kon-tayyorlov laximlari (shtrek va ortlar) o’tish orqali bajariladi (3.5.b,v,g-rasm). Tashish gorizontini tayyorlagandan so’ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi. Blokni tayyorlash ishlarining xajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog’lik, bo’lib, asosan quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: blok ko’tarmalarini o’tish; ruda tushirgichlarni barpo qilish; ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o’tish; skreperni o’rnatish laximini o’tish va boshqalar.
3.5-rasm. Tashish gorizontini tayyorlash sxemasi: - berk tashish yo’llik ruda shtreki bilan tayyorlash; - berk tashish yo’llik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash; - aylanma tashish yo’llik aralash (ruda va maydon) shtreklar va ortlar bilan tayyorlash; - aylanma tashish yo’llik maydon shtreki va ortlar bilan tayyorlash:
1 -bosh kvershlag; 2 - shamollatish kvershlagi; 3 - ruda shtregi; 4 - maydon shtregi; 5 - ortlar.
Dostları ilə paylaş: |