Konchilik ishi va metallurgiya



Yüklə 222,17 Kb.
səhifə14/19
tarix05.04.2023
ölçüsü222,17 Kb.
#93619
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Rus o`zbek va lotin o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar

7. Shakliy-an'anaviy yozuv. Bu prinsip so‘z boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos bo‘ladi. Ma'lumki, o‘tmishda turkiy tillarda so‘z boshida ikki undosh qatorlashib kelmagan. Shuning uchun boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlarning boshida ikki undoshning yonma-yon qo‘llanishi uchrasa, ulardan oldin yoki shu ikki undosh orasida bir unlini orttirish odati bo‘lgan. Bu odat hozirgi jonli so‘zlashuvda ham uchrab turadi: shkaf>ishkop, staj>istaj, drap>dirap, plan>pilon kabi. Ba'zan so‘z oxirida ham ikki undosh orasida bir unli orttiriladi yoki undoshlardan biri (so‘nggisi) tushirib qoldiriladi: sabr>sabir, nasr>nasir, nashr>nashir, go‘sht>go‘sh, g‘isht>g‘ish kabi. Shakliy-an'anaviy yozuv prinsipiga ko‘ra bunday paytlarda so‘zlar talaffuzi asosida emas, o‘zlarining asl shaklini saqlagan holda yoziladi: shkaf, staj, drap, plan, sabr, nasr, nashr, g‘isht ,go‘sht kabi.
Bu prinsipning mohiyati Faxri Kamolov tomonidan "etimologik yoki grafik prinsip" deb nomlangan tamoyil mohiyatiga juda yaqin turadi. 


8. Semantik-uslubiy prinsip: a) semantik prinsip so‘z yoki so‘z shakllarining imlosini ularning ma'nolariga tayanib belgilaydi. Masalan, lola, po‘lat (turdosh otlar) - Lola, Po‘lat (atoqli otlar), ishchi ("-chi" kasb oti yasovchi) - ish-chi? ("-chi"- so‘roq yuklamasi), senda ("-da"- o‘rin-payt kelishigi affiksi)- sen-da! ("-da"- kuchaytiruv va ta'kid yuklamasi) kabi; b) uslubiy prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘z yoki grammatik shakllarning semantik tarkibidagi uslubiy semalarning nutqdagi faollashuvini yozuvda ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, ota, ona, vatan, siz, o‘zingiz kabi so‘zlar yoki grammatik shakllar shu so‘zlar (shakllar) orqali ifodalangan shaxslarga yoki tug‘ilib o‘sgan yurtga, diyorga alohida hurmat-e'tibor bildirilganda bosh harf bilan yoziladi: Ota, Vatan, Ona, Siz, O‘zingiz kabi. Shuningdek, gap ichida tinchlik, ozodlik, mehnat, baxt kabi so‘zlarning ba'zan bosh harf bilan boshlanishi ham uslubiy prinsip talablaridan kelib chiqadi. Masalan, Yashasin Ozodlik, Tinchlik kabi.


Og‘zaki nutqda so‘z ma'nosini kuchaytirish maqsadida so‘z tarkibidagi ayrim undoshlarni qavatlantirish (geminatsiya) yoki unlilarni cho‘zish kabi holatlar uchrab turadi. Ular yozuvda ham harflarni qavatlantirish orqali ifodalanadi: maza va mazza, yashamagur va yashshamagur, rosa va rossa, opa va opa-a kabi. Bunday holatlar negizida ham uslubiy maqsadlar yotadi.



Yüklə 222,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin