Konchilik ishi va metallurgiya


MUNDARIJA KIRISH………………………………………………………………………….…



Yüklə 222,17 Kb.
səhifə2/19
tarix05.04.2023
ölçüsü222,17 Kb.
#93619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Rus o`zbek va lotin o`zbek yozuvlari grafik tizimlarining grafemalar

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….…5
ASOSIY QISM……………………….………………….………………………..7

    1. Alifbodagi o`zgarishlar……………………………………………………….7

    2. Grafika va graefema haqida ma`lumot ………………………….………….9

1.3 Orfografiya……………………………………………………………….…..14
1.4 Orfoepeiya……………………………………………………..……………..21
HISOB ISHI…………………………………………………………………………24
XULOSA………………………………………………………………………....27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….………29

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Istiqlol tufayli milliy o‘zlik, milliy iftixor, milliy ma'naviyat, milliy an’analarimiz o‘zining asl ma'nosiga, qadriga ega bo‘ldi. Tilimizni har tomonlama taraqqiy ettirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tili, adabiy tilimiz o‘zbek xalqi madaniyati va ma'naviyatining ajralmas qismi, millatning mavjudligi va birligini, yuksalishini ta'minlovchi buyuk kuch sifatida uzil-kesil tan olindi. Sho‘rolarning umri tugab borayotgan davrida O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Mustaqillikka qo‘yilgan birinchi qadam bo‘lgan bo‘lsa, istiqlol yillarida bir paytlari kamsitilgan ona tilimiz har tomonlama taraqqiy ettirildi. Navbatdagi ish – milliy tilimizga mos alifbo va imlo qabul qilish kun tartibiga chiqdi. 1993-yilning 2-sentyabrida lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan respublika qonuni 1995 yil 6- mayda bu qonunga kiritilgan o‘zgartishlar bilan rasman kuchga kirdi. Biz yangi alifboga o‘tdik. O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining chuqur hayotiy haqiqat mujassam ushbu fikrlari bu boradagi hal qiluvchi va maqsad sari yetaklovchi omil bo‘lib xizmat qilmoqda: “O‘tgan davr mobaynida ana shu qonun ijrosini ta'minlash bo‘yicha juda katta ishlar amalga oshirilganini ta'kidlash lozim. Avvalo, o‘zbek tilining lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta'limning barcha bosqichlarida ana shu alifbo asosida bilim berilmoqda. Lotin yozuvida chop etilayotgan kitob va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, gazeta-jurnallar, reklama va e’lonlar, davlat hujjatlari hozirgi vaqtda bu imlo madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini ko‘rsatadi”1 . Lekin alohida shuni ta'kidlash kerakki, respublikamizda o‘zbek tilini yangi yozuvga to‘liq o‘tkazishning muddatlari rasmiy hujjatlarda dastlab 2005-yil, keyin esa 2010-yil etib ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, shu paytgacha bunga erishib bo‘lmadi. Keyingi ikki yil ichida ijtimoiy tarmoqlarda, matbuotda ushbu masala qizg‘inmuhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Prezidenti vertual qabulxonasiga kelib tushayotgan xatlarda bu o‘z aksini topmoqda. Muhokama ishtirokchilari yurtimiz aholisinning turli qatlam vakillari bo‘lib ayniqsa, ziyolilar, o‘qituvchilar, talabalar ko‘proq faol bo‘lishmoqda. Ular tomonida bildirilayotgan fikr-mulohazalarga ko‘ra, o‘tgan davr ichida yozuv amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, yangi alifbo va imloda islohga muhtoj o‘rinlar mavjud. Ular bartaraf qilinishi lozimligi bildirilmoqda. Mazkur dolzarb masalalar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risi”dagi Farmonida o‘z aksini topdi. Farmonda universitet jamoasi oldidagi vazifalar sifatida: “...o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash” vazifasi alohida ta'kidlangan. Davlatimiz rahbariyati ushbu masalaga alohida e'tibor qaratmoqda. Yaqinda 2018 yilning 15-may sanasi bilan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yana-da takomillashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi” ishlab chiqildi va Respublika Bosh vaziri hamda Prezident maslahatchisi tomonidan imzolandi. Bularning barchasi tadqiqot ishimiz mavzusining juda dolzarbligini ko‘rsatadi.



Yüklə 222,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin