Konchilik ishi va metallurgiya


Ruxni xom ashyodan ajratib olish asosiy texnologiyalar



Yüklə 419 Kb.
səhifə9/17
tarix05.05.2023
ölçüsü419 Kb.
#108191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Konchilik ishi va metallurgiya

1.5 Ruxni xom ashyodan ajratib olish asosiy texnologiyalar
Sulfidli rux xom ashyosini bevosita erkin holatigacha tiklash mumkin. Masalan: ZnS+H2=Zn+H2S
Ammo, kuchli tiklovchi moddalar H2 va CO samarador emasdir. Bundan xulosa, yuqori harorat va bosimlarda ham tiklanish mahsulotlarini chiqishi judayam kam. Amaliyotda sulfidlarni oksidlantirish keyin afzalroqdir. Sanoatda ZnS ni ZnO ga oksidlanishini pirometallurgik usul bilan amalga oshiriladi. ZnO ni tiklanishi esa pirometallurgik yoki gidrometallurgik usullar bilan amalga oshishi mumkin. Oxirgi usul bo‘yicha ZnO ni sulfat kislotasida eritib elektroliz yordamida erkin metall olinadi [5]. Ruxni sulfid boyitmasidan ajratib olish ZnS, ZnO va Zn larni xususiyatlariga bog‘liqdir. Ruxni oksid va sulfidi yuqori haroratda eriydi. Masalan, ZnS atmosfera bosimida 1200oC dan ziyod haroratda parlanadi va
2000 oC gacha eriydi. ZnO esa 1975 oC da suyuq holatiga o‘tadi. Shuning uchun ZnS ni ZnO ga oksidlanishini yuqori haroratlarda katta tezlik bilan yuborilishi mumkin. Rux sulfidini oksidlanishi ekzotermikdir va jarayon uchun qo‘shimcha yoqilg‘i sarflamaydi. Ruxni oksiddan tiklash uchun ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun pirometallurgik tiklanish yuqori harorat va tiklovchi moddaning miqdorligida olib boriladi. Elektrolitik tiklanish ham elektr quvvatini katta xajmda sarflanishi bilan bog‘liqdir. Metalli rux oson suyuq holatga o‘tadi – erish harorati 419 oC, 907 oC da bug‘ holatiga o‘tadi, shuning uchun pirometallurgik tiklanishda bug‘ holatida ajralib chiqadi. Piro va gidrometallurgik usullarni xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Pirometallurgik usulda yakunlovchi mahsulot bo‘lib g‘ovak kuydirma (kuyindi) olinadi. Kuydirish davrida modda oltingugurtni yo‘qotib, keyin qotishma shaklga o‘tadi. Qotishma olish uchun harorat 1300-1400 oC gacha ko‘tarilishi kerak. Buni aglomeratsiya jarayonida amalga oshiriladi. Aglomerat keyinchalik qattiq uglerod yordamida tiklanadi. Gidrometallurgik usul bo‘yicha kuydirishni 900-1000 oC da kuyindi-kukun olishga qaratiladi. Olingan kukun sulfat kislotasida eritiladi. Eritmadan rux elektroliz bilan erkin holatida ajratib olinadi, sulfat kislotasi esa regeneratsiya bo‘lib qaytadan tanlab eritishga yuboriladi.
Rux boyitmasini yuqori haroratda oksidlantirish, hozirgi payitda, asosiy texnologik usuldir. Kanadada olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki rux sulfidini eritmadagi kislorod bilan ham oksidlantirsa bo‘lar ekan:
ZnS + O2 (eritmada) + H2S (eritmada) = ZnSO4 + S + H2O
Jarayon avtoklavda 1000 oC dan ziyod va umumiy bosim 105 Pa dan yuqori sharoitlarda olib boriladi. Sanoatda bunday texnologiyani qo‘llash qiyindir. Texnologik sxemalarni tahlili shuni ko‘rsatib turibdiki, jarayon bir necha bosqichdan iboratdir. Amaliyotda esa, sxemalar ancha murakkabroqdir. Bunga ikkita sabab bor:
1) Xosh ashyoda mavjud bo‘lgan bir qator ruxga yo‘ldosh elementlarni ajratib olish kerakligi;
2) Xom ashyoni qayta ishlash uchun tayyorlash jarayonlarini tashkil etish. Dunyo miqyosida taxminan 20% pirometallurgik va 80% rux pirometallurgik usullar bilan olinadi

{\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+Cl_{2}^{0}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}Cl_{2}^{-1}}}}
{\displaystyle {\mathsf {Zn^{0}+H_{2}^{+1}O^{-2}{\xrightarrow {t^{o}}}Zn^{+2}O^{-2}+H_{2}^{0}\uparrow }}}
{\displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH\rightarrow Na_{2}ZnO_{2}+H_{2}\uparrow }}}
{\displaystyle {\mathsf {Zn+2NaOH+2H_{2}O\rightarrow Na_{2}[Zn(OH)_{4}]+H_{2}\uparrow }}}



Yüklə 419 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin